So’nggi yangiliklar

15:06БМБ 14 та гол урган ва учинчи бор чемпион бўлган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:34Расман: "Боруссия Д" бош мураббийни истеъфога чиқарди  3 14:03"Реал" ёки "Барселона"да ўйнаш? Холанд жавоб берди  24 13:35МАҚОЛА. Катанецнинг терма жамоадаги фаолияти қандай кечди?   33 13:13Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖнинг янги мураббийи эртага Қатарга учиб кетади  147 12:07Breaking! Сречко Катанец Ўзбекистон МТЖни тарк этди  264 11:31Рэшфорднинг агенти "Барселона" спорт директори Деку билан учрашди  3 10:56"Бунёдкор" Анталияга қандай таркиб билан йўл олди?  3 10:30Эшитдик-да! "Локомотив" билан шартнома қилган футболчилар Суперлигага қайтмоқда   16 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Қатар билан ўйнайди  0 09:35Тошкент клуби футболчиси "Қизилқум" сафига бориб қўшилди  1 09:10"Андижон" Туркияда 9 та назорат учрашуви ўтказади. Рақиблар орасида Норвегия жамоаси бор  3 08:30Про лига тўпурари клуби билан келишувни узайтирди  0 08:00Санъат Шихов "Бунёдкор" U-21 жамоасида иш бошлади  3 07:30"Навбаҳор"дан кетган футболчи Баҳрайн клуби билан шартнома имзолади   2

Ro'ziqul Berdiev: "Hakam "Andijon"ning g'alabasiga harakat qilishini sezib turgandim. Bunday maydonda bizning futbolni o'ynab bo'lmaydi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hakam "Andijon"ning g'alabasiga harakat qilishini sezib turgandim. Bunday maydonda bizning futbolni o'ynab bo'lmaydi"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz bugun raqib bilan ham, maydon bilan ham kurashdik. Yigitlarga asosiy bergan ko'rsatmamiz kurashni boy bermaslik edi. "Andijon" ko'proq standartlarga etibor qaratadi. Bunday vaziyatlarda etiborliroq bo'lishimiz kerak edi. Afsuski birinchi golni aynan standartdan o'tkazib yubordik. 1:1 bo'layotgan pallada ham ko'rdinglar ikkita qulay imkoniyat yuzaga keldi. Golli vaziyatimizda hakam nima uchun bunday qaror qabul qildi, tushunmadik. Lekin toza golimizdan mahrum qilishdi. Uchrashuv hakami "Andijon" jamoasining g'alabasi uchun ko'p harakat qilishini sezib turgandim. Buni amalda ham ko'rdinglar. Birinchidan haqqoniy golni inobatga olgani yo'q, ikkinchidan penalti yo'q edi. Usmonaliev emas, keyingi o'yinchi o'yindan tashqari holatda qolgandi. Nima uchundir yana qaytadan teptirdi. Bu hakamlarning vijdoniga havola",- deydi Ro'ziqul Berdiev. 

- Aziz Asimov "Andijon"ning g'alabasiga harakat qildi, dedingiz. Agar shunday bo'lganida mezbonlar darvozasiga penalti qo'yilmagan bo'lardi...

- Aziz oldimga kelganida bor narsani hakamlik qilishini aytdim. Uni haqorat qilganim yo'q. Penalti bo'lsa ber, gol bo'lsa hisobla. Golimizni bekor qilganidan so'ng o'zimning fikrimni bildirdim. Biz yordam so'ramayapmiz, penaltini bekor qil, demayapmiz. Toza golni bekor qilganda qanday qilib norozilik bildirmaslik mumkin. Hakamdan boshqa narsa talab qilayotganimiz yo'q. O'yinning oxirigacha nimadir bo'lishini sezgan edim. Futbolchilarimning o'zlari bugun yuta olmasliklarini aytishdi. SHuning uchun o'yinni to'xtatmoqchi bo'ldik. Balki bu narsa kerak bo'lgandir. 

- "Nasaf" jamoasini butun O'zbekiston yaxshi ko'radi. Kerak bo'lsa, xalq jamoasi nomini "Paxtakor"dan tortib oldi. Xalqaro musobaqada ham barcha muxlislik qilmoqda. Bitta vaziyat uchun o'yinni to'xtatib, minglab muxlislar oldida jamoangizni olib chiqib ketmoqchi bo'ldingiz...

- Siz bizni muhokama qilmang. Xalq mehrini o'z mehnatimiz, siyosatimiz, o'yinimiz bilan qozondik. Bizga mehrni hech kim berib qo'ymadi. O'zimizning bunday tutishimiz sababini isboti bilan aytib berdim. Bunga chidash qiyin. 

- "Nasaf" futbolchilari bugun finalni o'ylagan holda o'ynadimi?

- Finalgacha ancha bor. Biz buni o'ylamadik. Qolaversa kubok bahsi kutib turibdi. Ayrim futbolchilarda charchoq alomati borligi uchun dam berishga qaror qildik. Oldimizda o'rin egallash maqsadi turibdi. CHarchoq bo'lsa ham maksimal o'ynashga harakat qildik. Bunday maydonda bizning futbolni o'ynab bo'lmaydi. Bahona qilmoqchi emasman. 

- Dastlab Sekeyra, keyin esa Piter Xyuistra maydonlar, o'zbek futboli o'lyapti, degan fikrlarni eshitmoqdamiz. Siz mahalliy murabbiy sifatida qanday qaraysiz? 

- To'g'risi kecha maydon holatini ko'rib achindim. Maydon yangilanganda birinchi kelib o'ynagandik. Ikki yil ichida bunday holatga tushib qolgani achinarli. SHaroitlarni to'g'irlatishimiz kerak. Sekeyra yoki Xyuistraning gaplarini muhokama qilmayman. Lekin kimdir qaerdadir xato gapirgandek tuyuldi . SHaroitlarni gapirishgani yaxshi. Lekin misol keltirish noo'rin.

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика