So’nggi yangiliklar

07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  1 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  0 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  24 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  7 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  5 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  4 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  108 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1

Ro'ziqul Berdiev: “Gevorkyanning chetlatilishi vazifamizni qiyinlashtirdi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Gevorkyanning chetlatilishi vazifamizni qiyinlashtirdi”

"Nasaf" - "Qo'qon-1912" (1:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

- Bugungi o'yinda ko'p kuch yo'qotdik. Arturni o'yindan chetlatishi ham bizning vazifamizni qiyinlashtirdi. SHunga qaramay bahs to'liq nazoratimiz ostida o'tdi. Ko'plab vaziyatlar sodir etdik.  Ammo undan foydalana olmadik. Asosiysi uch ochko oldik.

Bilasizlar, bizni oldimizda OCHLda jiddiy o'yin kutib turibdi. SHu sabab bugun Abdurahimov, SHomurodov va Boydullaevga dam berishga qaror qildik. Bular orasida SHomurodovni keyingi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida. O'tgan turda “Paxtakor”ga qarshi bahsda to'p  uning operaciya bo'lgan joyiga tekkan.  Qolgan o'yinchilar keyingi o'yinga maydonga tushishlari mumkin. 

Bolevich? Deyan uch soat oldin tarkibda bor edi. Biroz issig'i chiqqan, o'zini holsiz sezgani uchun qaydnomaga ham kiritilmadi. Umuman bugun chap qanotda SHarof Muhiddinov yosh bo'lsada, yaxshi o'yin ko'rsatdi.  Yosh umidli futbolchilarimizi Bobur Abduholiqov  va Aziz G'aniev ham katta hajmdagi ishni bajarishdi.

Bu yili chempionatimizda bir qator kutilmagan natijalari bo'layapti. CHempionat qiziqarli o'tayapti. “Kuchli to'rtlik” orasiga kirdigan jamoalar ko'rinayapti. Bu muxlislar uchun qiziq. “Qo'qon-1912” oxirgi o'yinlarda besh himoyachi bilan harakat qilayapti.

Biz gol urish o'rniga bir kishi kam bo'lib koldik. Lekin yigitlar haarkat qilishdi. “Qo'qon-1912” faqat bir to'p bilan yutqazayapti. Jamoada murabbiy ishi ko'rinib turibdi.  Jamoa o'yini yomonmas. Keyingi uyinlarga ularga omad tilayman, - deydi Berdiev.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика