So’nggi yangiliklar

12:52Перес Родрини "Реал"га сотиб олмоқчи ва шахсан ўзи музокара ўтказишга тайёр  2 12:22"Атлетико" италиялик футболчини харид қилади  0 11:58"Реал"да 9-рақамнинг янги эгаси маълум  2 11:35Родри яна жароҳат олди  3 11:13Суперлига. "Бухоро" 7 йилдан буён Навоийдан ғалабасиз қайтмоқда   1 11:04Ғанишер Қодиров: "Қўқон-1912" билан олти очколик ўйин кутиб турибди"  0 10:45"Шўртан" 15 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"дан очко олди   4 10:40"Ньюкасл" ПСЖ билан музокараларни бошлади  0 10:05Дамир Темиров "Андижон" мухлисларига илтимос билан чиқди  6 09:33"Барселона" ва Марк-Андре тер Стеген ўзаро келишувга эришди  7 09:06Носир Абдусаломов: "Чемпионлик? Бу ҳақида ўйлашга эрта"  0 08:05Пўлатхўжа Холдорхонов: "Икки очко йўқотдик, ғалаба қозонишимиз керак эди"  2 07:53CAFA "Пахтакор" стадионида бўлиб ўтиши мумкинми?  11 07:12Ўртоқлик ўйинлари: "Челси" ва "Интер" ғалаба қозонди, "Ньюкасл" эса дуранг қайд этди   3 06:55Суперлига. "Хоразм" ва "Бунёдкор" ўз рақибларини мағлуб эта олмади. "Қизилқум" эса "Бухоро"га қарши ўйинда ғалаба қозонди  0

OCHL-2022. Ro'ziqul Berdiev: "Ertangi raqibimiz nafaqat guruhdagi, balki turnirning favorit jamoalaridan biri hisoblanadi" Yangiliklar

OCHL-2022. Ro'ziqul Berdiev: "Ertangi raqibimiz nafaqat guruhdagi, balki turnirning favorit jamoalaridan biri hisoblanadi"

Bugun Osiyo chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan “Al Sadd” jamoasiga qarshi bellashuv oldidan har ikkala jamoalar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.

"Hammaga Assalomu alaykum! Ramazon oyi barchaga muborak bo'lsin! OCHL – bu eng kuchlilar o'ynaydigan musobaqa. Ertangi raqibimiz nafaqat guruhdagi, balki turnirning favorit jamoalaridan biri hisoblanadi. Ertaga bizni oson bo'lmagan o'yin kutib turibdi. Biz bu bellashuvga yigitlar bilan yaxshi tayyorgarlik olib bordik. O'ylaymanki, yigitlar bahsda ijobiy natijani qo'lga kiritish uchun bor mahoratlarini ko'rsatishadi", – dedi Ro'ziqul Berdiev. 

- "Nasaf" 2011 yil OFK Kubogini, "Al Sadd" esa OCHL Kubogini qo'lga kiritgan. OCHL bellashuvlari umuman boshqa yondashuvni talab qiladi. Bu haqda nima deya olasiz?

- O'n yildan oshiq vaqt o'tdi. Ko'p narsa o'zgardi. Biz OCHL musobaqasi darajasini yaxshi bilamiz. Bu erda oson o'yinlar bo'lmaydi. O'tgan mavsumda biz OFK Kubogi musobaqasida qatnashgandik. SHuni aniq aytamanki, OCHL turnirining darajasi ancha yuqori va OFK Kubogidan keskin farq qiladi.

- OCHL guruh bosqichi o'yinlari markazlashgan holatda bo'lib o'tmoqda. Guruh bosqichining uchta bellashuvi 7 kun ichida bo'lib o'tadi. Bu o'yinlar sifatiga o'z tasirini o'tkazmaydimi? 

- Pandemiya tufayli biz bunga majbur bo'ldik. O'ylaymanki, bu to'g'ri qaror. Albatta, buning qiyinchiligi bor. Ikki hafta ichida oltita rasmiy o'yin o'tkazish futbolchilarga qiyinchilik tug'diradi. Biz bunga tayyorgarlik ko'rganmiz. O'ylaymanki, keyinchalik hammasi o'z holiga qaytib, o'yinlar uy-safar tizimida olib boriladi. Biz ham OCHL o'yinlarini o'z uyimizda, muxlislarimiz yonida o'tkazishni juda ham xohlaymiz.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика