Ro'ziqul Berdiev: CHempionatdan ham ko'ra kubok uchun kurash qizg'in bo'ladi
23 iyu 2020 22:55
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: CHempionatdan ham ko'ra kubok uchun kurash qizg'in bo'ladi
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra “Nasaf” Surxon, Qizilqum hamda Mashal jamoalari bilan B guruhidan o'rin oldi.
Qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev klub matbuot xizmati vakillariga bugungi qura haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'zbekiston kubogi uchun bo'lib o'tgan qura tashlash marosimini kuzata olmadim. CHunki jamoamiz bilan kechki mashg'ulotlarni olib borayotgandik. Qura natijalari bilan internetda tanishdim. O'ylaymanki, guruhdagi jamoalar bir-birlariga mos tushishdi. Kubok uchun kurashlar murosasiz kechadi. Ko'p jamoalar kubokni qo'lga kiritishni o'z oldilariga maqsad qilishadi. Bu yilgi futbol mavsumi shuni ko'rsatayabdiki ko'p jamoalarning kuchlari tenglashgan. SHuning uchun kubok uchun bo'ladigan kurash chempionatimizdan-da qiziqarliroq bo'ladi”,- deydi Ro'ziqul Berdiev.
Fikrlar