

Qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev klub matbuot xizmati vakillariga bugungi qur'a haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'zbekiston kubogi uchun bo'lib o'tgan qur'a tashlash marosimini kuzata olmadim. Chunki jamoamiz bilan kechki mashg'ulotlarni olib borayotgandik. Qur'a natijalari bilan internetda tanishdim. O'ylaymanki, guruhdagi jamoalar bir-birlariga mos tushishdi. Kubok uchun kurashlar murosasiz kechadi. Ko'p jamoalar kubokni qo'lga kiritishni o'z oldilariga maqsad qilishadi. Bu yilgi futbol mavsumi shuni ko'rsatayabdiki ko'p jamoalarning kuchlari tenglashgan. Shuning uchun kubok uchun bo'ladigan kurash chempionatimizdan-da qiziqarliroq bo'ladi”,- deydi Ro'ziqul Berdiev.



