So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  94 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Ro'ziqul Berdiev: "Bazi futbolchilarga maqtov salbiy tasir qiladi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bazi futbolchilarga maqtov salbiy tasir qiladi"

Coca-Cola Superliganing 15-turidan o'rin olgan AGMK - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yigitlar oxirigacha kurashishdi. Bir ochkoni qo'lga kiritdik, bu yomon emas. CHunki safarda AGMK bilan durang bu qoniqarli natija hisoblanadi. Albatta birinchi bo'limda penaltidan gol ura olganimizda balki o'yin boshqacha tus olishi mumkin edi. 

- Ro'ziqul aka, "Nasaf" tarkibi ikkinchi davra oldidan imkon qadar kuchaytirildi. Jamoa bu mavsumda o'zi ishtirok etayotgan musobaqalarda qanday cho'qqini zabt etishi mumkin deb hisoblaysiz?

- Mavsum boshida jamoani bir qator etakchi futbolchilar tark etdi. Albatta biz ularni saqlab qolishga uringandik. SHunday bo'lsa ham yoshlarga imkon berdik, shuningdek ikkinchi davra oldidan jamoamizga bir qator tajribali futbolchilarni taklif etdik. "Nasaf"da raqobatni kuchaytirish kerak, chunki bir tarkib bilan natija qilish qiyin. Biz har doimgidek oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yamiz va har bir musobaqada oxirigacha kurashamiz. Hozirda asosiy etiborimiz OFK kubogi o'yinlariga qaratiladi.

- Oybek Bozorovning oxirgi 3 ta turdagi o'yini Nasrullaev maydonda yo'qligi bilan bog'liqmi?

- Nasrullaevning yo'qligi jamoa o'yiniga tasir ko'rsatmasdan qolmayapti. Nasrullaev va Akmal Mozgavoylar bizni etakchi futbolchilarimiz hisoblanishar edi. Bir narsani takidlash joiz, muxlislar va jurnalistlar buni etibordan chetda qoldirishmasin. Biz futbolchilarni erkalatib yubormasligimiz zarur. Bazi futbolchilarga maqtov salbiy tasir qiladi. Oybek Bozorov juda qobiliyatli futbolchi. Uning iqtidoriga gap bo'lishi mumkin emas, lekin uning bu mavsumdagi o'yini o'zini ham, bizni ham qoniqtirmayapti. Biz u bilan alohida gaplashdik. Futbolchi darajani ushlab turishi va o'sishga intilishi kerak. Oybek Bozorov yuqori potencialga ega futbolchi, lekin unda pasayish bo'layotganini barchamiz ko'rib turibmiz.

- Oxirgi 3 ta o'yinda 1 ochko OFK kubogi oldidan jamoaning ichki muhitiga qanday tasir qilishi mumkin?

- Jamoamiz bilan hammasi joyida, yigitlarda kayfiyat yaxshi. Safar o'yinlarida kuchli raqiblarga to'qnash keldik, lekin ularning barchasi bilan munosib o'ynadik. Yigitlar har o'yinda maksimal darajada harakat qilishayapti. 

- "Ahal" klubiga qarshi OFK kubogi o'yinidan oldin jamoa "Metallurg"ga qarshi o'ynaydi. Bu o'yinda rotaciyalarga qo'l urasizmi?

- Yo'q, bizda rotaciya qilish uchun imkoniyat katta emas. Ko'rib turibsizlar, 12-13 nafar futbolchi muntazam o'ynab kelayapti. Albatta shu sabab tarkibga yangi futbolchilarni jalb etdik. "Metallurg" bilan o'yin orqali OFK kubogiga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Hozirda Umidjon Ergashev "Nasaf"ning birinchi raqamli darvozaboni hisoblanadimi yoki bu rotaciyami?

- Buni rotaciya desa ham bo'ladi. Ergashev va Nematovlarning darajasi bir xil deb hisoblayman. Agar Abduvohidda jarohatlar yuzaga kelmasa kubok o'yinlarida aynan unga imkon beramiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика