So’nggi yangiliklar

20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  11 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  8 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  1 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2

Ro'ziqul Berdiev: "Agar bizda ruhiyat bilan bog'liq muammo bo'lganida bugun oxirigacha kurasha olmagan bo'lardik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Agar bizda ruhiyat bilan bog'liq muammo bo'lganida bugun oxirigacha kurasha olmagan bo'lardik"

Teglar :  Ro'ziqul Berdiev
Coca Cola Superligasining 8-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.

"O'ylaymanki, futbolchilarimiz barchani xursand qila oldi. CHunki, oxirgi o'yinlarda natija qoniqarsiz ko'rinish olayotgandi. O'yinga keladigan bo'lsak, biz nazorat qila oldik va shijoat bilan harakat qildik. "Metallurg" jamoasiga kam imkoniyat berdik. Ular ko'proq qarshi hujumda o'ynashga harakat qilishdi. Himoyachilarimiz raqib hujumlarini bartaraf etishni uddasidan chiqishdi. Zahiradan maydonga tushgan yosh futbolchilarimiz o'yinni kuchaytirishdi. Bu qaysidir manoda g'alabada bosh omil bo'ldi.
Dilaver Xaris? Ko'rgan bo'lsangiz, avvalgi o'yinda to'liq imkoniyat berdik. Hujumchini vazifasi gol urish yoki golli vaziyat yaratish. SHuni hisobga olgan holda bugun boshqa futbolchilarga ishonch bildirdik. Xaris oldin chetda o'ynamagan, shu bois kirishib ketishi qiyin kechmoqda. Markoda esa bu jarayon yaxshi kechyapti.

Albatta, "Metallurg" biz uchun noqulay raqib. Lekin, tan olish kerak bekobodliklar tajribali jamoa. Tarkibiga nazara soladigan bo'lsak ismi va familiyasidan ham bilsa bo'ladi. Jamoada murabbiyning imzosi ko'rinib turibdi. Yuqori o'rinlar uchun kurashishga imkoniyati bor jamoa. SHunga qaramay bugungi o'yin to'liq ustunligimizda o'tdi. Ular qarshi hujumda ham deyarli imkoniyat yarata olmadi. O'zingiz ko'rayotgan bo'lsangiz bizga qarshi ko'p jamoalar himoyaviy uslubni tanlamoqda.

Doniryor Narzullaev "Metallurg"da o'z o'rniga ega bo'ldi. G'alabaga erishgan o'yinlarida g'alabalarga munosib hissa qo'shmoqda. Gollarga assistentlik qilmoqda.

Albatta, har bir uchrashuvlarda ruhiy jihatdan bosim bilan o'ynamayapmiz. Buni o'zingiz ham ko'rdingiz. O'tgan o'yinlarni esdan chiqarishga harakat qilyapmiz. Agarda bizda ruhiyat bilan bog'liq muammo bo'lganida bugun oxirigacha kurasha olmagan bo'lardik, tajribali jamoani engish oson bo'lmasdi",- deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика