Roy Xojson – “Kristal Pelas” bosh murabbiyi
12 sen 2017 23:59
Yangiliklar
Roy Xojson – “Kristal Pelas” bosh murabbiyi
“Kristal Pelas” rahbariyati Roy Xojsonni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida rasman malum qildi.
70 yoshli mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma tuzilgan.
Xojson 2016 yilgi Evropa chempionatidan keyin Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligida istefoga chiqarilgan va shu paytgacha murabbiyi ishsiz yurgandi.
APLda u ilgari “Blekbern”, “Fulxem”, “Liverpul” va “Vest Bromvich” klublarida ishlagan.
“Kristal Pelas” jamoasi bosh murabbiyligi klubni Frank de Bur tark etgach, bu lavozim bo'sh turgandi.
“Burgutlar” joriy mavsumda APLda qatorasiga to'rtta o'yinda mag'lub bo'lishdi va biror marotaba ham raqib darvozasiga gol ura olishmadi.
Fikrlar