Roy Kin Rangnikka imkoniyat berishda davom etishga chaqirdi
16 jan 2022 19:28
Yangiliklar
Roy Kin Rangnikka imkoniyat berishda davom etishga chaqirdi
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Roy Kinning fikricha, "qizil iblislar"ning amaldagi bosh murabbiyi Ralf Rangnik natijalarga qaramay, imkoniyatga loyiq.
“Biz bu murabbiyga imkoniyat berishimiz kerak, u endigina ish boshladi.
"Yunayted"da muammolar ko'p. O'yinchilarda pressingga o'tish uchun ishtiyoq yo'q.
"Yunayted"ning Angliya kubogi doirasidagi “Aston Villa”ga qarshi o'yindagi statistikasi unchalik yaxshi bo'lmadi, ammo baribir jamoa eng muhimiga erishdi – ular gol urib, darvozani "quruq" saqlashdi. SHunga o'xshash ijobiy holatlar ham bor", – dedi Kin.
Fikrlar