Roy Kin: "PSVga qarshi bahsda Runi juda yomon o'ynadi"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2015, 18:45
"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Roy Kin PSVga qarshi o'yindagi MYU hujumchisi Ueyn Runining harakatlariga baho berdi.

"PSVga qarshi o'yinda Runi juda yomon o'ynadi. U hammani o'z ortida ergashtirishi kerak. Runining MYUdagi barcha muvaffaqiyatlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bu fantastikaligini ko'rishimiz mumkin, ammo u hozir sardor va uning bo'ynida katta javobgarlik bor, Ueyn o'zini ko'rsatishi kerak.

Men doimo futbolchilar maydondan tashqarida nima bilan bandligiga qiziqaman. Runi o'tgan haftada kurashchining yuziga tarsaki tushirdi. Bundan maqsad nima? Bu hech kimga yordam bermaydigan ahmoqlik. Kechagi o'yinda u yetakchi emasdi" - deydi Kin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ITV