"Rostov" Yaponiya terma jamoasi o'yinchisi bilan kelishuvga erishdi
09 iyu 2020 10:17
Yangiliklar
"Rostov" Yaponiya terma jamoasi o'yinchisi bilan kelishuvga erishdi
"Tokio" yarim himoyachisi Kento Xasimoto faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.
"Rostov" 26 yoshli xavbekning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Xasimoto tez orada klub bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Bu haqda "Rostov" matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
"Tokio" tarbiyalanuvchisi 2019 yildan beri mamlakat milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Xasimoto joriy mavsum "Tokio" safida 3ta o'yinda maydonga tushdi. U Yaponiya terma jamoasi tarkibida 7ta bahsda o'ynagan.
Fikrlar