"Rostov" qishda tarkibni saqlab qolmoqchi
12 dek 2019 13:30
Yangiliklar


"Rostov" qishda tarkibni saqlab qolmoqchi
"Rostov" qishki transferlar oynasida tarkibni saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Xabar qilinishicha, klub bundan bir oy oldin futbolchi va xodimlar oldidagi qarzlarini uzishga kirishgan.
Klubning moliyaviy holati hali ham og'irligicha qolmoqda, ammo gap jiddiy muaammolar haqida ketmayapti.
Qayd etish kerakki, "Rostov" tarkibdagi futbolchilarni sotishni rejalashtirmayapti, ammo talab katta bo'lgan futbolchilarning jamoadan ketish ehtimoli ham yo'q emas.
Oldinroq, himoyachi Dmitriy CHistyakovga "Zenit", hujumchi Eldor SHomurodovga CSKA va "Spartak" va yarim himoyachi Matias Normannga "Spartak" klublari qiziqayotganligi xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar