“Rostov” kelajagi sentyabrda hal bo'ladi, jamoa rahbariyati o'zgarishi mumkin
11 iyu 2020 19:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580400_original.jpg)
![](/upload/storage/580400_220.jpg)
“Rostov” kelajagi sentyabrda hal bo'ladi, jamoa rahbariyati o'zgarishi mumkin
Jurnalist Vyacheslav Korotkin “Rostov” rahbariyatida o'zgarish bo'lish ehtimoli borligini tasdiqladi.
Avvalroq, klub asosiy sarmoyadori, top-menejeri hamda bosh murabbiy Valeriy Karpin ketishi haqda boshqa bir OAV vakili Ivan Karpov yozgandi.
“13 sentyabr kuni Rostovda gubernator saylovi bo'lib o'tadi. SHu lavozimni egallab turgan Vasiliy Golubev nomzodlardan biri sifatida ro'yxatdan o'tgan. Agarda u g'olib bo'lsa, klubda o'zgarish yuz bermaydi. Bordiyu unday bo'lmasa, Karpov yozgani kabi scenariy yuz berish ehtimoli yo'q emas”, deydi Korotkin.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar