Rossiya terma jamoasi dekabr oyida Makedoniya bilan o'ynaydi
03 okt 2016 19:10
Yangiliklar
Rossiya terma jamoasi dekabr oyida Makedoniya bilan o'ynaydi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesovning malum qilishicha, jamoa dekabr oyida makedoniyaliklar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
"Bizga Makedoniya va Moldaviya terma jamoalaridan dekabr va fevral oylarida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish taklifi kelib tushdi: Dekabrda Makedoniya bilan o'ynashimiz aniq, fevraldagi o'yinni RFPLning noyabrdagi yig'ilishida muhokama qilamiz. Bu klublarga bog'liq: Ular ham yig'inda bo'lishadi, klublar futbolchilarga ruhsat berishi kerak.
Dekabrdagi o'yinga klublar qaror qabul qilishdi. Terma jamoaga evrokuboklarda ishtirok etmayotgan futbolchilar chaqiriladi. Milliy jamoaga davogar o'yinchilarga imkon bersak to'g'riroq bo'lardi. Makedoniya bilan Turkiyada o'ynaymiz, Moldaviya bilan ham o'sha erda bo'lsa kerak" - deydi CHerchesov.
Fikrlar