Stanislav CHerchesov Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini bo'shatib qo'ydi
27 jan 14:20
Yangiliklar
Stanislav CHerchesov Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini bo'shatib qo'ydi
Futbol bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov lavozimini tark etdi.
Tomonlarning o'zaro qarori bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Stanislav CHerchesov Qozog'iston terma jamoasi boshqaruviga 2024 yilning iyun oyida kelgandi. Milliy terma jamoa uning qo'l ostida UEFA Millatlar ligasida 6 o'yin o'tkazib, Norvegiya termasi bilan durang o'ynab, 1 ochkoni qo'lga kiritdi.
SHuningdek, Qozog'iston terma jamoasini butun murabbiylar shtabi ham ishdan bo'shatildi.
Hozirda milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy nomzodi ko'rib chiqilmoqda.
Fikrlar