"So'g'diyona" tajribali futbolchisi bilan kelishuv uzaytirilganini malum qildi
10 dek 11:59
Yangiliklar
"So'g'diyona" tajribali futbolchisi bilan kelishuv uzaytirilganini malum qildi
Tajribali yarim himoyachi Stanislav Andreev bilan o'rtadagi mehnat shartnomasi muddati uzaytirildi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"So'g'diyona" hamda yarim himoyachi Stanislav Andreev shartnomani 2025 yilning so'ngiga qadar uzaytirganini elon qildi.
Malumot o'rnida, 36 yoshli Stanislav Andreev Superliga doirasida 26 uchrashuvda maydonga tushib, 1575 daqiqa harakat qildi. SHuningdek, Superligada 1 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qildi. O'zbekiston Kubogi doirasida raqib darvozasiga 1 ta to'p kiritdi.
Avvalroq jamoa tajribali himoyachisi bilan hamkorlikni davom ettirishi malum bo'lgan edi.
Fikrlar