Rossiya kubogi. Denisov “Lokomotiv” bilan kubokda g'olib chiqdi
02 may 2017 23:02
Yangiliklar
Rossiya kubogi. Denisov “Lokomotiv” bilan kubokda g'olib chiqdi
Sochidagi “Fisht” stadioni o'tgan Rossiya kubogi finalida Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi “Ural” ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov mazkur uchrashuvda 90 daqiqa harakat qildi va jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.
Uchrashuvning so'nggi o'n besh daqiqasida temiryo'lchilar Denisov va Miranchukning gollaridan keyin amalda kubok sohibiga aylanishdi.
Ushbu g'alabadan keyin “Loko” keyingi mavsumni Evropa ligasining guruh bahslarida boshlashi oydinlashdi.
Rossiya kubogi
Final
Ural – Lokomotiv 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 76 Igor Denisov, 0:2 – 90 Miranchuk.
Ural – Zabolotnyy, Dancev, Novikov, Balajic, Tabidze, Dimitrov, Bikfalvi, Emelyanov, Lungu, Pavlyuchenko, Ilin.
Lokomotiv – Gilerme, VITALIY DENISOV, Peychinovich, Kverkveliya, Igor Denisov, Tarasov, Fernandesh, Ignatev, Maykon, Miranchuk, Ari.
O’xshash yangiliklar
12:41
Islom Ismoilov: "Qurada raqibning ahamiyati yo'q edi, qo'l ostimdagi futbolchilarimga ishonaman" 6
Fikrlar