So’nggi yangiliklar

10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  1 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  1 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  5 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  1 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  8 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  9 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  13 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  23 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  18 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  248 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  10 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  6 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0

"Rossiya - juda kuchli emas". Urugvay matbuoti ruslar haqida qanday fikrda Yangiliklar

"Rossiya - juda kuchli emas". Urugvay matbuoti ruslar haqida qanday fikrda

Urugvayliklar Rossiya terma jamoasining JCH-2018dagi o'yinlaridan hayratda emas.

Urugvay - Rossiya uchrashuvidan so'ng "A" guruhi g'olibi aniqlanadi. Janubiy Amerika nashri Referi raqibni o'rganib, o'quvchilariga Stanislav CHerchesov taktikasining nozik jihatlarini tushuntirdi.


"Urugvay ularga jiddiy zarar etkazishi mumkin bo'lgan jamoaga qarshi o'ynashini tushunib turibdi. Guruhdagi ilk o'yinlarda ruslar 8ta gol urganiga qaramasdan, ular juda kuchli emasligi ko'rinib qoldi. Bu jamoa odatda ustunlikni raqibga berib, 1,95 sm. bo'yga ega Artyom Dzyuba orqali qarshi hujumlar tashkil etishga urinadi" - deydi maqola muallifi.

"Odamlar Rossiya terma jamoasidan bunday g'alabalarni kutmagan edi, ular jamoa bu muvaffaqiyatga erishishiga ishonishmagan. Hayratda qolgan muxlislar Samarada futbolchilarni yanada kuchliroq qo'llab-quvvatlashadi. Jarohat tufayli Alan Dzagoev safdan chiqdi, ammo Denis CHerishev uning o'rnini egallab, o'zini ko'rsata oldi".


Futbol.uy jurnalistlarining fikricha, Stanislav CHerchesov Aleksandr Golovinni maydonga tushirish yoki tushirmaslik haqida o'ylanib qolgan: "Jamoaning muhim futbolchilaridan biri sariq kartochka olib, 1/8 final uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin. Misr bilan bahsda Jirkov yaxshi o'yin ko'rsatdi, murabbiy uni tarkibda qoldirishi mumkin. Tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmaydi".


Ispaniyaning Marca nashri taktik qarorlar borasida fikrlashni davom ettirdi. Ispaniya Rossiya terma jamoasining 1/8 finaldagi raqibi bo'lishi mumkin.

"Agar "Zenit" veterani Jirkov zaxirada qolsa, uning o'rnini Igor Smolnikov egallaydi. Rossiya terma jamoasi guruhda g'olib bo'lish uchun bor kuchini ishga soladi va buning uchun ularga durang ham etarli".

Marca taxminiy tarkiblarda "Spartak" futbolchisi Samedovni "Zenit" o'yinchilari safiga qo'shib qo'ydi.


"Rossiya navbatdagi raqib sifatida kuchsizroq jamoa" - deb yozdi El Espanol nashri. Jamoada Urugvayniki kabi yulduzlar yo'q. Futbol ananalari yo'q mamlakat uchun asosiy vazifa guruhdan chiqish, qolgan bosqichlarda esa shunchaki futboldan rohatlanish mumkin. Biroq Rossiya o'ziga ishonib, ilk ikki uchrashuvda g'alaba qozonganidan so'ng vaziyat o'zgardi. Bunday raqib bilan ayniqsa ularning hududida o'ynash qiyinroq bo'lsa kerak".

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика