So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  25 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

"Rossiya bolalari - kichik sportchi qullar". Nega Niderlandiyada de Yong bor, bizda esa yo'q?! Yangiliklar

"Rossiya bolalari - kichik sportchi qullar". Nega Niderlandiyada de Yong bor, bizda esa yo'q?!

Golland akademiyalari va uning tizimi sirlari bilan tanishamiz.

Rossiya 20 yildan buyon terma jamoa uchun ikkinchi chap qanot himoyachisi (darvozabon va yana boshqa chiziq vakillari)ni tarbiyalay olmayotgan bir paytda, Niderlandiyadagi kichik shaharning kamtargina "Villem II" jamoasi Frenki de Yong va Virjil van Deykni dunyo futboliga taqdim etdi.

Biz golland futboli fenomeni haqida murabbiy, skaut va selekcioner Pavel Kucherov bilan suhbatlashdik.

U 20 yildan ortiq Niderlandiyada faoliyat olib bordi, orada esa "Arsenal" va "Everton"ning SHarqiy Evropadagi skauti sifatida ishladi.

Biz golland akademiyalari va butun tizimning sirlarini aniqlashga urindik. U erdagi holat Rossiyadan qanchalik farq qiladi? Suhbatdan siz quyidagilarni bilib olishingiz mumkin:

● Niderlandiyalik futbolchilar uchun nega akademiyalarda dzyudo, engil atletika va basketbol bo'yicha qo'shimcha mashg'ulotlar mavjud?

● Yoshlar jamoalarida murabbiy har yili almashadi — shundagina bolalar bilan tizim ishlaydi, alohida shaxslar emas

● Rossiya termasining 80% futbolchilari jismoniy jihatdan "top"lardek rivojlanmagan. Bu katta muammo!

● Rossiya va Niderlandiya akademiyalarida taktik mashg'ulotlarning farqi

● Nega Niderlandiyada murabbiy bolalarga baqirishiga yo'l qo'yishmaydi?

● Jikiya va Barinov top-klublarda o'ynashi mumkin edi, lekin ular ketishi kerak. Ilk qadamlarni o'rtamiyona klublarda tashlash zarur

Sluckiy inson sifatida Niderlandiyada iliq taassurot qoldirgan.

Niderlandiyada futbolchilar qo'shimcha tazda dzyudo, engil atletika va basketbol bilan shug'ullanishadi. Top-akademiyalarda esa kinezeologiya (inson harakati haqidagi fan) va psixologiya hai o'rgatiladi

— Niderlandiya tizimining yaxshi tomoni nimada?

— Asosiysi, bu — individual yondashuv. Niderlandiyaning top-akademiyalari va boshqa klublari turli xarakter va yo'nalishdagi mashg'ulotlarni taklif qilishadi. Yani, engil atletika, dzyudo, kurash, basketbol va gimnastika elementlari. Bularning barchasi futbolchiga maksimal darajada rivojlanishga yordam beradi.

Har kimning o'ziga xos xususiyatlari bor: kimdir qo'shimcha ravishda o'yinchining fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga vaqt ajratadi (masalan, sinfda kompyuter orqali), yana kimdir sport zalida qo'shimcha mashg'ulotlar o'tkazadi. Ammo hammaning asosiy maqsadi — shaxsni tarbiyalash, yaxshi futbolchi etishtirish, keyinchalik esa transfer orqali yaxshigina pul ishlab olish.

Bu — futbolchi ikki oyoqda o'ynashi, maydonda fikrlay olishi, texnik bo'lishi va iloji bo'lsa, jismonan yaxshi tayyorlangan bo'lishi kerakligini anglatadi. Niderlandiya futbolidagi moliyaviy tizim o'yinchilarni shu yo'nalishda rivojlantirishga turtki beradi. Bu borada Rossiya bilan katta farq bor.

Oddiy misol — Yuriy Jirkov. Albatta, biz insonni hurmat qilishimiz zarur, uning terma jamoa uchun, Rossiya futboli uchun qilgan mehnatlarini qadrlashimiz zarur. Biroq Niderlandiyada bunday yoshdagi va yoshining tasiri tufayli bunday jismoniy holatdagi futbolchi terma jamoa uchun u qadar muhim bo'lishi hamda Belgiyaga qarshi o'yinga, balki majburan, tarkibga qo'yilishi ilojsiz.

Allaqachon o'rinbosar chiqqan bo'lardi. Biznikilarda gap bor-ku: "menda boshqasi yo'q", "yana kim unda?". Ammo bunday deyish juda oson. Tabiiyki, CHerchesovning bir o'zi terma uchun chap qanot himoyachisi tayyorlashi kerak emas, biz futbol oilasi, 4 yilda chap qanot himoyachisini tayyorlay olmagan butun bir tizim haqida gapiryapmiz.

Karavaevni yodga olsak. U oddiy futbolchi va keling, uni keragidan ortiq maqtab, iqtidorini bo'rttirib ko'rsatmaylik. U nisbatan normal, to'g'ri yo'lni bosib o'tgan: Rossiyadagi "qotib qolishdan" — CHexiyaga, keyin Niderlandiyaga. Ammo yakunda yana Rossiyaga qaytdi, "Zenit"ga. Yaxshimi yoki yomon, lekin Evroda o'ynamoqda.

— Futbol akademiyasiga engil atletika, dzyudo va basketbol nega kerak?

— Axir futbol — faqat to'p bilan o'ynash emas, bu kuch, yakkakurashlar degani hamdir. Bolalarni tinmay tosh ko'tarishga undash kerak demoqchi emasman, lekin dzyudodagi mashqlar sababli tana va psixologiya ustida ko'p mehnat qilinsa, raqibni birga-bir kurashda engish, yiqilmay, oyoqda turish, agar yiqilsa ham, tezda qaytib turishga o'rgatadi. Bu elementlarning barchasi futbol uchrashuvida ham bor.

Engil atletikaga keladigan bo'lsak, professional murabbiy agar har bir futbolchiga yugurish texnikasini yaxshilashga yordam bersa, yigitlar kurashlarda ko'proq ustun keladi, sprintlarda va buning oqibatida uchrashuvlarda g'olib bo'ladi. Buning barchasi keyinchalik transfer narxi ko'rinishida ham foyda keltiradi.

3x3, 5x5 basketbol o'ynash — ko'plab ijobiy hislatlarni beradi. Bu sportchini pressing, birga-bir harakat qilishda, raqibni sherigiga qanday "o'tkazish" kerakligini o'rgatadi. Ha, siz qo'lingiz bilan o'ynaysiz, ammo bu o'xshash holat. Basketbol mashqlari himoyachi uchun kerakli xislatlar o'sishiga xizmat qiladi va siz avtomatik tarzda kuchayasiz.

Qizig'i, 2006–2008 yillarda biz "Villem"da tizimga dzyudoni kirita boshladik (Kucherov 13 yil davomida klubda murabbiy va skaut sifatida faoliyat yuritgan), haftasiga bir necha bor zalimizga bir yigit kelib, mashg'ulot o'tkazardi, u dzyudo bo'yicha Evropa chempioni edi. Akademiya direktori avvaliga bu nega kerakligini tushunmadi, ammo mashg'ulotga tashrif buyurib, o'z ko'zi bilan ko'rgach, savolga o'rin qolmadi. Oradan malum vaqt o'tib, bu usulni "Ayaks" akademiyasida qo'llay boshlashdi, agar "Ayaks" shunday qilgan bo'lsa, qolgan barcha o'rnak olib, sinab ko'rishi juda oson edi.

— Yana bir muhim jihat: Niderlandiyada futbolchi salohiyatli ko'rinsa va akademiyadan yuqoriroq darajada o'ynashga tayyorligini ko'rsata olsa, hech kim unga "hali yoshsan, tajriba to'plashing zarur, shoshma", deb ushlab turmaydi. Misol uchun, terma jamoada 19 yoshli Gravenberx bor, yaqin o'tmishda u ikkinchi divizionda harakat qilardi, hozir esa mamlakat bosh jamoasida to'p tepmoqda. O'ylashimcha, Rossiyada bunaqasi faqat xayolda bo'lishi mumkin. CHunki doimiy bir gap bor: u hali yosh, pishmagan, eplay olmaydi. Xuddi boshqa mamlakatlarda futbolchilar umuman boshqa va butsa hamda to'p bilan tug'iladigandek...

— Golland akademiyalarida bolalarni hatto kineziologiya, psixologiya va iqtisod bo'yicha o'qitishlari rostmi?

— Ha, biroq bunaqasi 3-5 ta klubda bor. Bu birinchi navbatda falsafaga bog'liq, ikkinchidan — albatta, imkoniyatlarga. Ko'pchilikning bunga qurbi etmaydi, biroq ular boshqa yo'l bilan kamchilikni to'ldirishga urinishadi. Misol uchun, ovqatlanishga alohida etibor berishadi.

14 yoshlilarga qo'rqmay taktikani o'rgatishadi, ammo u individual va o'yinchi o'sishiga mo'ljallangan bo'ladi. Rossiya terma jamoasi futbolchilarining 80 foizi jismonan "top"lardek rivojlanmagan 

— Niderlandiyada futbolchilarni murabbiy emas, tizim tarbiyalaydi. Sababi bolaga baho berish bir odamga bog'liq emas deb eshitgandim. SHunga fikringiz?!

— Akademiyalarda anchadan buyon bitta murabbiy ketma-ket 8-9 yil davomida bir jamoa bilan ishlashi noto'g'ri degan fikrni ilgari suraman. Ha, qaysidir murabbiy juda yaxshi shug'ullantirishi mumkin, biroq boshqa qaysidir murabbiy o'sha yillar ichida jamoani va futbolchilarni "o'ldirib" qo'yishi mumkin.

Niderlandiya akademiyalarida o'yinchi 6-8 nafar murabbiy nazoratidan o'tadi. U bir yil boshqasi bilan, kelasi yil yana boshqasi bilan ishlagan bo'ladi. Bir narsani tushunish muhim: agar bola o'ynamayotgan yoki unga imkon berilmayotgan bo'lsa, u yomon futbolchi degani emas. SHunchaki murabbiy futbolni shunday ko'ryapti yoki bola jismonan biroz ortda qolyapti. Malum vaqt o'tib, boshqa ustoz keladi va ehtimol, u guruhdagilarning boshqa sifatlarini ko'ra olar?! Ana o'shanda o'yinchiga imkon beriladi. Biroq tasavvur qilib ko'ring: 9 yildan beri hech kim ishonch bildirmagan, uning istedodini ko'ra olmagan bolaning o'ziga bo'lgan kuchi va ishonchi ham so'nib qoladi...

SHuning uchun, bu muhim farq: Niderlandiyada yaxshi murabbiylar juda ko'p, ammo futbolchilarni tizim tayyorlaydi. Murabbiylar esa o'sha tizimning shunchaki kichik bir bo'lagidir. O'sha dzyudo va engil atletika murabbiylari nuqtai nazaridan, qaerdadir imkoniyatlar ko'proq bo'lishi aniq, ammo klub boy bo'lmasa ham, futbolchilarni rivojlantirishning boshqa yo'llarini izlab topadi.

Murabbiylik kursida tahsil olgan kezlarim, gollandlar ustimdan kulishgandi: "Qarang, Rossiya qanday katta mamlakat, ammo futboli yo'q". O'shanda gap hajmda emas, o'sha davlatda futbol qanchalik mashhur ekani va qay darajada rivojlanganida deb javob bergandim.

Ha, Niderlandiya — kichik davlat, lekin oradagi masofa kamligining hisobiga, 5-6 ta top akademiya muntazam ravishda bir-biriga qarshi o'ynashi mumkin. Rossiyada esa, aytaylik, Krasnodar va Piterda yaxshi jamoalar bor. Lekin ular yilda bir bor qaysidir turnirda uchrashishi mumkin. Niderlandiyada esa bolalar har hafta o'ynab, raqobat va kuchli qarshilikka o'rganib boradi.

Belgiya bilan o'yindan bir misol. Semyonov — yomon futbolchi va hammasiga u aybdor deyish oson. Biroq Semyonov "Axmat"ning futbolchisi. "Axmat" o'yinchisi Lukakuga shunchaki qarshi chiqib, u biror narsa qilishiga xotirjamgina to'sqinlik qila olmaydi. Va bu narsa butun Rossiya termasiga tegishli. Ular yoshligidan har hafta maksimal darajada o'ynashga odatlanishmagan.

O'rtacha ko'rsatkichlar bo'yicha Rossiyadagi yosh futbolchiga o'ynash jarayonida ham, mashg'ulot paytida ham malum darajadagi intensivlik etishmaydi. Bu esa keyinchalik o'z tasirini ko'rsatadi. SHunday qilib, golland tizimidan har tomonlama rivojlangan futbolchi etishib chiqadi: koordinaciya borasida ham, yugurishda ham, kurashlarga kirish va texnikasi, to'p bilan va usiz harakatlanishda, maydonda borini bera oladi. Rossiyada esa barchasi biroz boshqacharoq.

— Bu qanchalik qayg'uli?

— Agar Rossiya termasiga qaraydigan bo'lsak, o'yinchilarning 80 foizi mushaklari, jismoniy holati va tuzilishi jihatdan yuqori darajadagi futbolchilardan farq qiladi.

Masalan, Belgiyaning uchinchi goli: Diveev Lukakuning ortidan quvgan holat so'zimizning yaqqol isboti bo'la oladi. Agar belgiyalik Evropa darajasidagi boshqa himoyachiga yakka o'zi qarshilik ko'rsatganida, balki o'sha vaziyatda gol bo'lmasmidi?! Bu arzimasdek tuyulgan narsalarning barchasi bolalarga yoshligidan o'rgatiladi.

Belgiya o'sha tarkib bilan bizga qarshi maydonga tushishi, u — top-jamoa emas degani. Yaxshi, lekin top emas. Franciya va Germaniya bilan tenglashtirish shart emas deb o'ylayman. Ammo Rossiya termasi bilan o'rtadagi farq juda katta edi — xuddi RPL va FNL o'ynagandek...

— Diveev va Semenov — individual rivojlanishi uchun ko'proq qadam bosishi kerak bo'lgan futbolchilardir: yani, mushak, kuch, o'yindagi ayyorlik va hokazo borasida. Muammo shundaki, ular bu yoshda ushbu narsalarni o'rganishi emas, shunday sifatlarga ega bo'lishi lozim.

Qolaversa, futbol kundan-kunga rivojlanib bormoqda, raqobat ham oshyapti. SHunday davlatlar borki, ular o'smirlar tarbiyasini shunchaki pul bilan sotib oladi. Demak, futbolchini yanada ko'proq rivojlantirish kerak. Agar u avval o'ng oyoqda yaxshi o'ynagan bo'lsa, endi uni ikki oyoqda ham yaxshi harakatlana oladigan qilish kerak; agar bitta poziciyada o'ynagan bo'lsa, endi 2-3 ta poziciyada o'ynay oladigan qilish lozim.

Hozirda "Ayaks" akademiyasida bolalar 14-15 yoshidayoq raqib taktikasini tahlil qila oladi: qaysi tizim bo'yicha o'ynayapti, unga qarshi qanday harakat qilish kerak va hokazo.

— 14 yoshida taktika bilan shug'ullantirishga erta emasmi?

— Taktika turli xil bo'ladi. Agar biz 8 kishi himoyada, yana 2 nafari hujumda bo'lsa yoki hamma to'da bo'lib, oldinga, orqaga yuguraversa, bu bitta masala. Bunaqasini Rossiyada ko'p kuzatamiz. Lekin futbolchi bilan individual shug'ullanilsa, bu endi boshqa gap. Niderlandiyada chiziq yoki poziciya bo'yicha mashg'ulot o'tkaziladigan malum belgilangan kunlar bor. Masalan, qanot hujumchilar uchun. Ularga yakkama-yakka o'ynashi, zarba berishi, o'ziga ishonchi bo'lishi va himoyachidan qo'rqmasligi uchun maxsus mashqlar beriladi. Maydondagi u yoki bu vaziyatda qanday harakat qilish kerakligi uqtiriladi: to'p qanotda, o'rtada yoki to'p nazorati yo'qotilgan vaziyatlarda. O'yin principlari o'rgatiladi. Bu esa futbolchiga katta bilim beradi va rivojlanishiga umuman to'sqinlik qilmaydi.

Bu narsa himoyachilarga ham taalluqli: agar murabbiy himoyachilarga uchga-uch, yakkama-yakka o'ynashga ruxsat berishdan qo'rqsa va doim ehtiyotkor bo'lib, himoyaga qo'shimcha futbolchilarni tushiraversa, tabiiyki, ular hech qachon yaxshi hujumchiga qarshi o'ynash ko'nikmasiga ega bo'lolmaydilar. Ularda qo'rquv bo'ladi, yakkama-yakka kurash mahorati, qachon oldinga o'tish, qachon raqibga to'p berish tushunchasi bo'lmaydi. Buni faqatgina amaliyotda o'rganish mumkin. Eng yaxshisi esa, bolalik va o'smirlik davrida o'rgangan maqul.

— Aniq tizim muhimligiga oddiy misol — katta byudjetga ega bo'lmagan, 120 ming aholi yashaydigan shaharda joylashgan "Villem" klubi. Lekin aynan shu klub butun Sovet Ittifoqi ham havas, ham hasad qiladigan futbolchilarni tarbiyalay olgan. Masalan, Frenki de Yong, Virjil van Deyk, Yoris Mateysen (terma jamoa uchun 84 ta o'yin o'tkazgan, JCH-2010 da kumush medal yutgan). Mana sizga tizimli yondashuv uchun yaqqol namuna!

Nega Niderlandiyada murabbiy bolalarga baqirishiga yo'l qo'yishmaydi? Golovin va Semyonov o'rtasidagi farq. Rossiyada futbolchi tayyorlash tizimining asosiy muammosi nimada? 

— Moskvada futbolga borganimda murabbiy 9-10 yoshli bolalarga baqirayotganini ko'rardim. Niderlandiyada shunday bo'lishi mumkinmi?

— Rossiyada murabbiy bir jamoa bilan 9 yil ishlashiga qaytsak. Yani, bizda jamoa — amalda murabbiyning xususiy mulki. Bolalar esa uning kichik sportchi qullari.

Umuman, murabbiy senga to'xtovsiz baqiraversa, hech qanaqasiga yaxshi futbolchi chiqmaydi. Sababi futbol — bu psixologiya, bu qo'rquvning yo'qligi. Nega Niderlandiyada futbolchilar ertaroq professional darajada o'ynay boshlaydi? Ularga ishonch bildirishadi, baqiraverishmaydi, xato qilishga imkon berishadi.

Qaytaraman, Niderlandiyada murabbiy tizim ichida. Va o'zini hurmat qiladigan istalgan akademiya bunday [bolalarga baqiradigan] murabbiyga shunday deydi: "Sen o'zing uchun ishlayapsanmi yoki akademiyaning bir bo'lagi bo'lib, bu erda bolalarga yordam berib, ularni rivojlantirib, birinchi jamoaga etkazib berishni istaysanmi? O'zing uchun bo'lsa, boshqa ko'plab klublar bor. Sen u erda istaganingcha baqirishing va ECHLga chiqishing mumkin. Sen o'sha erga boraqol, bizda maqsad boshqacharoq".

— Rossiyada bolalar murabbiylari natija uchun bunchalik harakat qilishlarining asosiy sabablaridan biri — ularning oylik maoshi. Hattoki, bazan ish joyi ham o'sha natijaga bog'liq bo'ladi. Eshitganman, murabbiyga ochiqchasiga, aniq qilib aytishgan: "Uchinchi o'rinni olmasang — ketasan". Gollandiyada natija qanchalik muhim?

— Natija — keng manoli so'z, ustiga-ustak o'smirlar futbolida. 0:3 hisobida mag'lub bo'lish mumkin, ammo o'yin suratini, jamoa nimani istayotganini, qayoqqa ketayotganini ko'rish mumkin. Rossiyadagi muammolardan biri – sport menejmentining yo'qligi. Klub akademiyalarini futboldan yiroq insonlar boshqarganida, ularni faqatgina natija va biznes qiziqtirishi tabiiy hol. Bu esa istalgan usul bilan zafar quchish istagini yuzaga keltiradi: bolalarga va hakamga ham haqoratli so'zlar bilan baqirish. Asosiysi, g'alaba qo'lga kiritilsa bo'lgani. Mayli, siz o'yinni yutarsiz, musobaqa g'olibi bo'larsiz, biroq keyin qachondir belgiyaliklar bilan to'qnash kelasiz-ku?!

— Rossiyalik futbolchilar katta o'yinlarda o'zlarini erkin his qila olmaydigandek tuyuladi. O'sha bolalikdagi baqirishlar va qo'rquv, xato qilishdan cho'chish ularga tasir qiladigandek...

— Yuz foiz shunday. Agar futbolchi Lukaku yoki Mertensdan qo'rqsa, u 0:1 hisobida ortda qolyapti deyavering. Bu erda gap nafaqat futbol mahoratida, balki psixologiyada ham. Golovin, Miranchuk kabi futbolchilar — Evropa futboli yulduzi bo'lishmasa-da, jamoaga yordam berib, uni ortlaridan ergashtira olishlari zarur. Aks holda, ularning RPLda to'p tepayotganlardan farqi qolmaydi-ku? Misol uchun, Golovin va Semyonovning o'rtasidagi farq nimada? Golovin qirollik knyazligida yashayotgani va Fabregas bilan telefon orqali gaplashib turishidami? Faqat shumi?

Tushuning, u va Miranchuk o'yinlari ochilib ketib, Mostovoy va Kanchelskisdek darajaga etishlarini, ular bilan g'ururlanib yurishimizni juda ham istayman. Terma jamoa shuning uchun ham kerak. Ana shu erda ular Evropaga shunchaki ketmaganini isbotlash lozim. Umid qilamiz, ular hali o'zlarini ko'rsatishadi.

— Rossiyada futbolchi tayyorlash tizimining asosiy muammosi nimada?

— U raqobatbardosh, kuchli futbolchi etishtirish uchun mo'ljallanmagan. SHu jumladan, moliyaviy tomondan ham. Futbolchi rus futbolida olayotgan maoshni olsa, uning o'sishi deyarli to'xtaydi.

Misol uchun, Jikiya. Biz u tezlik borasida qiynalayotganini ko'ryapmiz, ammo tezlik — futbolda asosiysi emas. Biroq keyingi darajaga chiqish uchun u boshqa chempionatga ketishi kerak. Masalan, Germaniyaga. Dastlabki 4-5 klubida unga qiyin bo'ladi, shuning uchun o'rtamiyona jamoadan boshlash zarur va 2 yilda u sharoitga ko'nikib, o'sishga, yaxshiroq himoyachi bo'lishga erishadi. Tajribasi va psixologiyasi evaziga tezlikdagi kamchiligini yopib ketadi.

Oradan 2 yil o'tib, Italiya yoki Bundesliganing top-klubiga o'tishi mumkin. "Spartak"da uni barchasi qanoatlantirayotgani, Germaniyada unga yoqadigan klublar hozirning o'zida xaridor bo'lmasligi tufayli (sababi avval darajasini isbotlash zarur) hamon Rossiyada yuribdi.

Bavrinov Tilemansdek o'ynay oladi, lekin Evropaga ketish kerak. Sluckiy Niderlandiyada inson sifatida yaxshi tassurot qoldirgan. Nega rossiyalik murabbiylarga Evropada oson bo'lmaydi?

— Yaqin vaqtlar ichida terma jamoada ko'rishimiz mumkin bo'lgan iqtidorlarni Rossiyada ko'ryapsizmi?

— Hozir men qaysidir familiyalarni aytishim mumkin, lekin bir narsani tushunish lozim: futbolchilarning o'sishi — bu jarayon. Yigitlarga ishonish kerak, ularni sinab ko'rish, o'ynatish lozim. Mana Niderlandiya termasi yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida franciyaliklarni taslim qildi. Ana o'sha Niderlandiya termasiga milliy jamoaga o'tib bo'lgan 4-5 nafar futbolchi yordam bera olmasdi.

Balki men tashqaridan qaraganim tufayli nimanidir bilmasman. Ammo Rossiyada birinchi raqam Gilerme edi, unga 2-3 yil yuz foiz o'yin amaliyoti berishdi, o'sishi uchun imkon yaratildi. Endi esa u shunchaki jamoada emas. Uning o'rniga 34 yoshdagi SHuninni jalb qilishdi. Bu normal holat emas.

Bizda vaqti-vaqti bilan Akinfeevdan 2-3 ta o'yinga qaytishni so'rashganidan keyin nima ham deya olaman. Hozir Ignashevich ham "Torpedo"dan ketdi, menimcha, uning ham bo'sh vaqti bor. Yani, biz nimalar haqida gaplashyapmiz, sezyapsizmi? Biz oldinga qaramayapmiz, faqat ortga. Bu butun tizimning katta muammosi.

— Belgiya bilan o'yin haqida gapiradigan bo'lsak, Rossiya tarkibida kimning o'yiniga qarab, balki top-darajaga chiqa olar degan fikr keldi?

— Mmm, aytaylik, Barinovni nima kam joyi bor? Unda hammasi yaxshi, u tezkor, koordinaciyasi ham joyida, to'p bilan yaxshi muomalada bo'la oladi. Biroq savol: uning o'zi Evropaga ketishni istarmidi? Agentlar va klub unga qarshilik qilmaydimi? Agar chindan ketishga tayyor bo'lsa, Barinov taxminan ikki yildan keyin hozirgi Tilemansdek bo'la olishiga qanday to'siq bor?

Diveev ham hali yanada o'sishi mumkin, agar boshqa muhitga, kerakli "qo'llarga" tushsa... SHunda u futbolchilarning mashg'ulotlarga butkul boshqacha munosabatda bo'layotganini ko'rardi. Albatta, uning ham o'yinida o'sish bo'lardi. Ammo qancha pul evaziga u Evropaga ketishga rozi bo'ladi? CHunki bizda futbolchilar o'yin borasida kamrog'iga ega bo'lsa ham, ikkita "Maserati"si ko'proq bo'lishini istaydi. Bunday qarash ham "yashashga" haqli.

— Niderlandiyada Sluckiyning "Vitess"dagi faoliyati qanday taassurot qoldirdi?

— Hech qaysi murabbiy haqida faqat bir xil fikr aytib bo'lmaydi. SHunday degan bo'lardim: u "molodec", shunday qadam tashlashdan qo'rqmagani uchun. Uni hech kim, hech qaerga taklif qilmagandi, bu vaziyat taqozosi bo'lgan — imkoniyat paydo bo'ldi va u "labbay" deb javob berdi. O'ziga notanish tilni o'rgandi. Umuman olganda, u boshqalarga g'alatiroq ko'ringan ishlarni qilishdan qo'rqmaydi.

Menimcha, uning asosiy yutug'i Niderlandiyada tamaki chekib turgan, hech kim bilan muloqotga kirishmaydigan rus ayig'i bo'lmaganida. U muloqot uchun ochiq bo'ldi va qo'lidan kelgancha harakat qilib, inson sifatida o'zidan iliq taassurotlar qoldirdi.

— Uning qo'l ostida "Vitess" ehtiyotkor futbol ko'rsatishidan nolishardi, lekin jamoa ancha sermahsul o'yin namoyish qilardi. Qay biri haqiqat?

— Hech kim kutmaganida rossiyalik murabbiy kelsa, unga bo'lgan munosabat va talablar ham boshqacha bo'ladi. Axir biz bazi aytilmaydigan ishlar bo'lmaganida (gap Abramovich "CHelsi"sining "Vitess" bilan aloqasi haqida), Niderlandiya klubiga hali yana ancha vaqt rossiyalik murabbiyni taklif qilishmasdi. SHu sababli undan birdaniga zo'r natijalar kutishgandi, o'xshamadi. Yaxshi o'yinlar bo'ldi, yomonlari ham. SHuning uchun, Sluckiy ishini umuman eplolmadi deb bo'lmaydi.

Uning har bir harakatini "lupa"da kuzatishdi, qo'shimchasiga, inson chetdan kelgan bo'lsa, tizimni ichidan bilmasa, uni qo'llab turadigan, adashsa, qayta imkon beradigan odam ham bo'lmaydi. Ammo qaytaraman, Sluckiy omadini sinab ko'rdi, shuning o'zi ham hurmatga loyiq harakat.

— Fikrlashini inobatga olsak, rossiyalik murabbiylardan qaysi biri Evropaga ketishga loyiqroq deb o'ylaysiz? SHunday fikr borki, RPL aynan g'oyalar borasida ortda qolib ketmoqda.

— Barchasi himoyadagi o'yinga bog'liq bo'lsa, qanday qilib qolib ketmaslik mumkin? SHunday bo'lsa-da, biz g'urur bilan taktik jihatdan kuchli ligamiz bor va yana nimalardir deymiz. 8-9 kishi himoyada bo'lsa, qanaqa taktik liga haqida gap ketyapti? Faqatgina oldinga harakat qilsanggina rivojlanasan — raqib darvozasi tomon intilish, qanday qilib pressing uyushtirish, nima qilib 10 futbolchi to'pni olib qo'yishda ishtirok etishini taminlash mumkinligini o'ylabgina, bunga erishsa bo'ladi.

Belgiyaning uchinchi golini ko'ring: Jikiya chapda qolib ketdi, ikki yarim himoyachi o'yindan "chetda" qolib ketdi, keskinlashtiruvchi uzatma amalga oshirildi, Diveev esa uzatmani faqatgina Lukaku: "Ortimdan, yugurdik" deganidan keyin sezib qoldi, chamamda. Mana, oddiy misol.

Qo'shimchasiga, sen shakllanib bo'lgan mutaxassis bo'lganingda, Evropaga yo'l olish juda qiyin. O'ylashimcha, ko'pchilik o'zgarishga tayyor bo'lmasa kerak. Balki o'zingni Italiya futbolida sinab ko'rish yaxshiroqdir, u taktik tomondan nisbatan yopiqroq. Biroq asosiy muammo — psixologiya.

Sen futbolchilar bilan boshqacha gaplashishing zarur. Bu erda futbolchi-murabbiy o'rtasidagi munosabat boshqacha. SHakllanib bo'lgan inson o'zgara oladimi — savol. Qo'shimchasiga OAV bilan muloqot. Bazan CHerchesov savollarga "o'ziga xos" tarzda javob berganini o'qib qolaman, Evropada bunday holatga uzoq chidab o'tirishmaydi. Jurnalistlar shunchaki seni shunchaki "yo'q qilishadi".

Hozir boshqa hayot tarzi va boshqacha vaqt. Top-darajadagi futbol uchun tizim, tuzilma, sifatli murabbiy va menejerlar zarur. 30 yilni yo'qotib bo'ldik. Ammo baribir qachondir biror nimadan boshlash, nimadir qilish zarur!

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика