So’nggi yangiliklar

13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  0 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   5 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  0 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  9 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  8 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  13 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  11 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  6 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  6 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  6

Ronalduning transferi "Yuventus"ga foyda keltirdimi yo zarar? Turinliklarning moliyaviy holati haqida Yangiliklar

Ronalduning transferi "Yuventus"ga foyda keltirdimi yo zarar? Turinliklarning moliyaviy holati haqida

"Yuventus" CR7 ni chindan 2021 yil yozda sotib yuborarmikin?

Noyabr oyi boshida Ispaniyaning "Diario Sport" nashri Goal.com jurnalisti Romeo Agrestiga tayanib, "Yuventus" 2021 yilning yozida Krishtianu Ronalduni (uning shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan) sotib yuborish variantini ko'rib chiqayotgani haqida xabar berdi. Emishki, Turin klubi shu yo'l bilan portugaliyalikka sarflangan pullarning bir qismini qoplamoqchi ekan.

Ko'p o'tmay PSJ direktori Leonardo vaziyatni yanada qizg'in tus olishiga sababchi bo'ldi: "Bunday darajadagi futbolchi nechta klubda o'ynashi mumkin? 5 tami? Bunday jamoalar barmoq bilan sanarli, PSJ ular qatoriga kiradi. Hozirgi davrda hech kimga oson emas, lekin bu bozor va u  erda barchasi imkoniyatlarga bog'liq. Bazan kutilmagan ishlar bo'lib ketishi mumkin".

Hali hech nima aniq emas. Lekin mish-mishlar, savollar ochiqligicha qolmoqda. Nahotki pandemiya "Yuventus" uchun shu qadar og'ir keldi-ki, natijada turinliklar dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bilan xayrlashish haqida o'ylab qolishdi? Klub Ronalduga qancha mablag' sarflaydi? Agar Krishtianuni sotsa, "Yuve" qancha pul tejab qoladi? Biz vaziyatga oydinlik kiritishga urinib ko'ramiz. 

"Yuventus" 2019/20-yilgi mavsumni kattagina zarar bilan yakunladi. Asosiy sabab yana — pandemiya!

Sentyabr oyi o'rtalarida "Yuventus" 2019/20-yilgi mavsum moliyaviy hisobotini elon qildi. Klub zarari 89,7 million evroni tashkil etdi. Bu oxirgi to'qqiz yildagi eng yomon ko'rsatkich va Andrea Anelli o'n yilligidagi ikkinchi eng past ko'rsatkich (2010/11-yilgi mavsum yakunlariga ko'ra klub 95,4 mln evro yo'qotgandi). "Yuve" qatorasiga uchinchi mavsum zararda qolib ketmoqda.

Klub zarari 125% o'sdi (39,9 mlndan 89,7 mlngacha), tushum 18%ga kamaygan (494,4 mlndan 406,8 mlngacha). Asosiy sabab – COVID-19 pandemiyasi, stadionlarning yopilishi va mavsum o'rtasidagi majburiy tanaffus. O'yin kunidagi tushum 30%ga tushib ketgan (70,7 mlndan 49,2 mlngacha, 9 ta o'yin tomoshabinlarsiz o'tdi), uchrashuvlar translyaciyalaridan – 19% (206,6 mlndan 166,4 mlngacha).

Klub faqat ikki ko'rsatkich bo'yicha o'sishga erishdi: futbolchi sotish (32%, 127 mlndan 167 mlngacha) va oylik maosh qaydnomasi (13%, 328 mlndan 284 mlngacha, murabbiy va futbolchilar mart-iyun oraliqdagi maoshlaridan voz kechishdi). 2019/20-yilgi mavsum hisobotiga Joau Kanseluning "Manchester Siti"ga, Moyze Kinning "Everton"ga, Emre Janning "Borussiya"ga va Miralem Pyanichning "Barselona"ga transferi kirgan. Umuman olganda, futbolchilarning sotuvi "Yuve" uchun muhim punkt hisoblanadi. Oxirgi to'rt yilda o'rtacha yillik foyda — 132 mln evro. Anelli kelgandan keyingi dastlabki 6 yilda bu summa — 22 millionni tashkil qilardi.

Swiss Ramble talqiniga ko'ra, "Yuventus" ECHL 1/8 finaliga etib borib, 87 million evro ishlab olgan. Oxirgi besh yilda "Yuve" evrokuboklardagi ishtiroki orqali 449 million evro ishlab olgan — bu qita klublari ichida eng yaxshi ko'rsatkich. COVID-19 bilan bog'liq inqirozli vaziyatni inobatga olsak, "Yuventus" yaqin vaqtlar ichida ham Evropa CHempionlar Ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishi va futbolchilarini yaxshi narxda sotishi juda muhim. Bu borada top aktiv ikkita: Ronaldu va Paulo Dibala.

Ronaldu effekti — ijtimoiy tarmoqlardagi "bum" va yaxshilangan homiylik shartnomalari

85 o'yin, 65ta gol, 15ta assist — Krishtianuning "Yuventus"dagi statistikasiga qoyil qolmay iloj yo'q. Lekin maydondan tashqarida uning tasiri yanada sezilarli darajada — instagramda ikki yuz milliondan ortiq "folloveri" bor sportchi bilan shartnoma imzolagach, Turin klubi o'z ijtimoiy tarmoqlarini anchagina kuchaytirib oldi.

2018 yil may oyida "Yuventus" ijtimoiy tarmoqlarda 49 million obunachiga ega edi (32 mln feysbukda, 7,5 mln tvitterda, 9,5 mln instagramda). Hozir ularning soni 100 millionni tashqil qiladi (43 mln/11,3 mln/44,3 mln + 1,8 mln tiktokda, oxirgi sahifa 2020 yil yozida ishga tushdi). Instagramda "Yuve" brend va tashkilotlar ichida TOP-10ga kiradi. 

Har bir obunachi — potencial xaridor, bu borada Ronalduning jamoaga kelishi "Yuve"ga katta foyda keltirdi, lekin klub transfer uchun sarflangan pullarni faqatgina futbolka sotuvi evaziga qoplashi — uydirma, albatta.

Boshqa tomondan — homiylar. Ronalduni sotib olgach, "Yuventus" ikki asosiy homiy: adidas va Jeep bilan yangi shartnoma imzoladi. "Adidas" klubga 8 yil uchun 408 million evro to'laydi, 2019/20-yilgi mavsumdan (yiliga 51 mln, avvalgi kelishuvga ko'ra "Yuve" bir yilga 23,2 mln topardi). Jeep to'lovlari 17 mlndan (+bonuslar) 42 mlngacha ko'paydi.

Yiliga 93 million forma ishlab chiqaruvchisidan va titul homiydan — Italiyadagi eng yaxshi va Evropadagi o'ninchi ko'rsatkich, "Real" (190 mln), "Barselona" (160 mln), "Man Yunayted" (157 mln), "Man Siti" (125,4 mln), "Arsenal" (114 mln), "CHelsi" (114 mln), "Liverpul" (96,9 mln) va "Bavariya"dan (95 mln) keyin.

Ronalduni sotib, "Yuventus" kamida 93 million evro tejab qoladi

"Yuventus" "Real"ga 115,5 million evro to'lab berdi va Ronaldu bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi. Summa shartnoma muddatiga bo'linadi — Krishtianuning transferi yiliga 29 million degandek gap. SHu tariqa, 2021 yilning yozida zarar ko'rmay chiqish uchun futbolchini kamida 29 millionga sotish talab etiladi.

Portugaliyalikning maoshi — yiliga "toza" 31 million evro, soliqlargacha 64 million. "Yuventus" oylik maoshlar uchun — 236 million (bu erda — A Seriya uchun barcha harajatlar inobatga olingan) ishlatadi, Ronalduning "ulushi" 27%.

Ronaldu "Yuventus"ga to'rt yilda 371,5 mln evroga tushadi (115,5 mln transfer summasi + 256 mln maosh). Krishtianuni 2021 yil minimal narxda sotgan taqdirda ham "Yuve" 93 million evro iqtisod qiladi. Biroq portugaliyalik keltirayotgan foyda-chi?

Ronaldu kelganidan keyingi birinchi yil klubning qo'shimcha foydasi 16 million evroni tashkil qildi. "Yuventus" hozir yiliga o'rtacha 500 ming futbolka sotmoqda (erkaklar uchun mo'ljallangan futbolka — 130 evro). Bu raqamlar tabiiyki, Krishtianu sabab o'sgan. Biroq misol uchun "Real" va "Manchester Yunayted" yiliga o'rtacha bir yarim milliontadan futbolka sotadi.

Muxlislar tashrifiga kelsak, bu ko'rsatkich o'smadi — bunga "Yuventus" stadionining sig'imi yo'l qo'ymaydi. Klub chipta narxini oshirdi va Krishtianu kelgan birinchi yilda 17% ko'proq foyda ko'rdi (30 mln). 2019/20-yilgi mavsum o'yin kunidagi tushum COVID-19 sabab tushib ketdi. Calcio e Finanza mutaxassisi Alessandro F. Judichening hisob-kitobiga ko'ra, Ronaldu "Yuve"ga taxminan abonementlar sotuvidan 2,8 mln va chipta sotuvidan 4,7 mln qo'shimcha mablag' olib keldi.

"Homiylik shartnomalari, ular berayotgan pul faqatgina Ronaldu tufayli ko'paydi desak ham (aslida vaziyat bunday emas), Ronaldu klubga 375 mln evro keltirmayapti — deydi Judiche "Corriere dello Sport"ga intervyusida. — Turinliklar futbolchini ECHLda zafar quchish uchun ham xarid qilishgandi, lekin "Yuve"ning xalqaro arenadagi natijalari sezilarli ravishda yaxshilanmadi va o'z-o'zidan foyda ham ko'paygani yo'q".



***

Ronalduni kelayotgan yozda sotib, "Yuventus" ushbu transferdan foyda ko'radi — sababi u 29 milliondan arzonga ketmasa kerak. SHu bilan birga klub oylik maosh uchun sarfini kamaytiradi. Yangi to'purarni — qimmat va top maosh oladiganini — har qanday holda ham izlashga to'g'ri keladi. 2021 yilda bo'lmasa, 2022 yilda. Moliyaviy jihatdan Ronalduning transferi yomon g'oya emas. Lekin klub murabbiy oyligidan tejamoqda, transfer bozorida ancha kamtar, Andrea Anelli esa Krishtianu klub tayanch ekani hamda bu o'zgarmasligini takidlamoqda. Futbolchi bilan xayrlashishga shama ham yo'q. Bu borada Ronaldu ham aniq hozira fikr bildirmadi. 



Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика