Ronalduning opasi koviddan so'ng pnevmoniya bilan shifoxonaga yotqizildi. U Krishtianu kasallanganda, pandemiyani yolg'on deb aytgandi
28 iyu 2021 07:28
Yangiliklar
Ronalduning opasi koviddan so'ng pnevmoniya bilan shifoxonaga yotqizildi. U Krishtianu kasallanganda, pandemiyani yolg'on deb aytgandi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru koronavirus asoratlari bilan shifoxonaga tushib qoldi.
"So'nggi kunlarda buni qilmaslikka harakat qildim, ammo yangiliklar tez tarqalmoqda va menga g'amxo'rlik qilayotganlarni hurmat qilish maqsadida haqiqatni aytib beraman.
Afsus, 17 iyuldan beri uyda izolyaciyada edim, barchasi yaxshi edi, belgilar yo'q edi, ammo qoidaga rioya qilgan holda, uyda edim. Afsuski, 23 iyul kuni ahvolim yomonlashdi. Menda lanati virus natijasida zotiljam paydo bo'ldi.
Qisqasi, men shifoxonadaman. Lanati virus meni yo'q qilolmaydi. Men yaxshilanyapman", - deb yozdi Aveyru.
Ronaldu 2020 yilning oktyabr oyida koronavirusga chalingan payt u yozgan edi: "Hayotdagi eng katta yolg'on".
Fikrlar