Ronalduning onasi "Oltin to'p" haqida: "Futbolda mafiya bor"
02 noy 2019 18:45
Yangiliklar


Ronalduning onasi "Oltin to'p" haqida: "Futbolda mafiya bor"
"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru o'g'li kurash olib borayotgan "Oltin to'p" sovrini haqida gapirdi.
Aveyruning fikricha, futbolchi bu sovrinni ko'proq olishi kerak edi.
"Futbolda mafiya bor. Ularni shunday deyish to'g'riroq. Sodir bo'layotgan ishlarga qarasangiz, bu mafiya ekanini tushunasiz.
Agar Krishtianu ingliz yoki ispan bo'lganida o'g'lim bunday sovrinlarni ko'proq olgan bo'lardi. Ammo Ronaldu portugaliyalik.
U joriy yil sovrinni oladimi, yo'qmi, bilmayman, ammo o'g'li "Oltin to'p"ga munosib. Agar yil davomida Krishtianu bajargan ishlarga etibor bersak, o'g'lim sovrinni olishi kerak" - deydi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar