​Ronaldu “Yuventus”ga Asensioni sotib olishni maslahat berdi

27 noya 2018, 08:15
“Real” yarim himoyachisi Marko Asensio Turinga ko'chib o'tishi mumkin.

Qayd etilishicha, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklarga “Real”dan 22 yoshli Marko Asensioni sotib olishni maslahat bergan. Asensio ham “Real”ni tark etishga tayyor. Boisi u Solari qo'l ostida doim ham asosiy tarkibdan o'rin ola bilmayapti. Asensio joriy mavsum “Real” safida 18 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario AS