Ronaldu "Yuventus" bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormayapti
30 iyu 2021 16:04
Yangiliklar
Ronaldu "Yuventus" bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormayapti
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi shartnoma borasida klub bilan muzokaralarga kirishmadi.
Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
"Ronaldu bugungi kunda yangi shartnoma borasida "Yuventus" bilan muzokaralar olib bormayapti. Klub Ronaldu va uning agenti Jorje Mendesh yozda "Yuventus"dan ketadimi yoki yo'q, buni qaror qilishlarini kutmoqda", - deyiladi Romanoning xabarida.
36 yoshli portugaliyalik futbolchining "Yuventus" bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Krishtianu yakunlangan mavsum 44ta o'yinda maydonga tushib, 36ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar