Ronaldu terma jamoasi safida 4 o'yindan beri gol urolmayapti
28 mar 2021 08:56
Yangiliklar
Ronaldu terma jamoasi safida 4 o'yindan beri gol urolmayapti
JCH-2022 saralash bahslari doirasida Portugaliya termasi safarda Serbiya bilan (2:2) jangovar durangga imzo chekdi.
Bellashuvda portugallar hujumchisi Krishtianu Ronaldu foydali harakatni amalga oshira olmadi. U “gol+pas” tizimida terma jamoasi tarkibidagi so'nggi to'rtta uchrashuv birorta ham foydali ishni amalga oshirgani yo'q. Serbiyadan oldinroq Franciya (0:1), Xorvatiya (3:2), Ozarbayjon (1:0) termalariga qarshi bellashuvlarda ham Kritshtanu raqiblari darvozasiga gol ham urolmadi, sheriklariga golli uzatmani ham oshirib bera olgani yo'q. Bu bellashuvlarning barchasida u 90 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Krishtianu terma jamoasi safida so'nggi marta 11 noyabr kuni - Andorraga (7:0) qarshi bahsda gol urib, golli uzatmani amalga oshirgandi.
“Yuventus” tarkibida hujumchi A Seriyaning 24 ta uchrashuvida 23 ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar