Ronaldu Raulga etib oldi
27 sen 2017 00:32
Yangiliklar
Ronaldu Raulga etib oldi
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu ECHL 2-turida Borussiya D bilan o'yinda maydonga tushdi.
SHu tariqa, 32 yoshli portugaliyalik musobaqada o'zining 142-uchrashuvini o'tkazmoqda. Bu borada u klubning sobiq futbolchisi Raulyaga etib oldi va umumiy ro'yxatda uchinchi o'ringa chiqib oldi.
Ronaldudan oldinda Barselona sobiq futbolchisi Xavi (151 match) va Portu posboni Iker Kasilyas (166) bor.
Bundan tashqari, Ronaldu Real safidagi o'zining 400-uchrashuvini o'tkazmoqda. Uning hisobida 409ta gol, 111ta golli pas va 292ta g'alaba bor. Klub safida o'yin o'tkazish borasida Raul hamon yakka peshqadam (741).
Fikrlar