So’nggi yangiliklar

13:30Назорат учрашуви. "ФарДУ" Тошкентда "ОшМУ Алдаер"дан устун келди  0 12:58Неймар "Ал Ҳилол"да сотиб олган қиммат машиналарини Бразилияга олиб келолмайди  3 12:17"Тоттенхэм" медиа олами вакилларидан уларни "Тоттенхэм Хотспур" ёки "шпорлар" деб аташини сўради  3 10:57Баҳодир Қурбонов: "Биринчи қадамни футболни рақамлаштиришдан бошлаймиз"  8 10:50Футбол тарихидаги энг яхши ўнг қанот ҳимоячилар рейтинги тузилди (Топ-15)  21 10:21Расман: Баҳодир Қурбонов — Ўзбекистон футбол Ассоциацияси янги президенти  16 10:18«Нефтчи» мухлисларга қулайлик яратиш учун йиллик абонемент сотувини бошлади  8 09:50Гвардиола ҳимоячиларининг жароҳати ҳақида фикр билдирди  9 09:13Ислом Исмоилов: «Мақсадимиз ҳар бир футболчимизни Осиё кубогига оптимал ҳолатда тайёрлаш»  5 08:46Довбикнинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  8 08:18Саудия клублардан бири Винисиус Жуниор трансфери бўйича аниқ сумма таклиф қилди  15 07:55«Челси» А Серия футболчиси учун 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 07:29АПЛ. 26-турнинг илк баҳсида йирик ҳисоб қайд этилди  1 01:30"Goal" ЕЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  14 00:45Салоҳ ўзини Холанд билан солиштирди  11

Ronaldu o'yin paytida MYU zaxirasini tark etdi. Ten Xag bu bilan shug'ullanishini aytdi Yangiliklar

Ronaldu o'yin paytida MYU zaxirasini tark etdi. Ten Xag bu bilan shug'ullanishini aytdi

"Manchester Yunayted" o'z uyida "Tottenxem" (2:0)ni mag'lub etdi.

Ammo, ko'proq natijani emas, maydonga tushirilmagan Krishtianu Ronalduning zaxira o'rindig'ini erta tark etishi muhokama qilinmoqda.


Portugaliyalik 90-daqiqada zaxira o'rindig'idan turdi va tribuna tagidagi tonnelga yo'l oldi. U maydondagi voqealarga umuman etibor qaratmadi.


The Athletic'ga malumotiga ko'ra, Krishtianu nafaqat maydonni, balki stadionni ham tark etgan – Ronaldu jamoa g'alabani nishonlayotgan payti mezbonlar kiyim almashtirish xonasida bo'lmagan.




"Yunayted"da o'yinchi almashtirish uchun yana imkoniyat bor edi: Ten Xag ikki urinishda uchta o'zgarishni amalga oshirdi (Maktomini 76-daqiqada Antonining o'rniga maydonga chiqdi, 87-daqiqada esa Elanga va Eriksen Kazemiro va Sanchoni almashtirdi). Murabbiy bitta pauzada yana ikkita almashtirish qilishi mumkin edi, ammo hech kim maydonga tushirilmadi.


Reakciya: Evra Ronalduni himoya qilmoqda, SHirerning esa Ten Xagga rahmi keladi


Ko'pchilikning reakciyasi qanday bo'lgani ayon – buni Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Denni Milz o'z gaplari bilan aks ettirdi: "Agar u shunday qilgan bo'lsa, bu mutlaq sharmandalik. Bu jamoaga, murabbiyga va muxlislarga bo'lgan hurmatsizlik. U o'zini klubdan ustun qo'yadi... Bu mutlaq sharmandagarchilik!".


Ammo, Krishtianuni yonini olganlar ham bor. Masalan, MYUdagi sobiq sherik Patris Evra: "Barchasi har xil. Men Krishtianuning himoyasiga emas, MYUning o'yiniga etibor qaratgan bo'lardim. Biz uning Ten Xagga ketishi haqida aytgan yoki aytmaganini bilmaymiz, balki biz bundan bir voqea yasashga urinayotgandirmiz. Bahona izlamoqchi emasman, Krishtianu haqida har kun gapirishni to'xtatish kerak".



Alan SHirer esa Ten Xagni himoya qildi: "Ronalduning maydonga tusha olmagani sabab xafa bo'lganini tushunaman. Ammo, vaziyat bunday: jamoa yaxshi o'yin o'tkazdi va murabbiy uni zaxiraga qo'yib katta ish qildi. Bu to'g'ri qaror bo'lib chiqdi, sababi maydondagi barcha to'g'ri o'ynadi. Vaziyat og'ir. Murabbiyning hayoti og'ir. Jurnalistlar bu haqda undan so'rashadi, u esa umuman maydondagi jamoa haqida gapirishi kerak, chunki bugun ular ajoyib o'ynashdi.


Ha, Ten Xagdan Ronaldu haqida so'rashdi. U Amazon Prime'dagi intervyuda qisqa javob qaytardi: "Bu bo'yicha ertaga shug'ullanaman, aniq bugun emas".


Ronalduni nega tushirmaslik qarorini qabul qilganini aytdi: "Bunday raqibga qarshi yaxshi pressing va kontrpressing kerak edi. Buning natijasida vaziyatlar yaratish mumkin edi, shunday ekan yaxshi pressing qiladiganlar kerak edi".


Ten Xag Ronalduni kam asosiy tarkibga tushiradi. Krishtianuning opasi allaqachon ijtimoiy tarmoqda murabbiyga hujum uyushtirdi


Murabbiy ikkinchi bor Ronalduni butun o'yin davomida zaxirada qoldirdi. Birinchi "Manchester Siti" bilan bo'lgandi, o'shanda Erik Ten Xag buni Ronalduning xizmatlariga hurmat bilan izohlagan edi.


Portugaliyalik va murabbiyda munosabatlar yaxshi emas. Ronaldu o'tgan o'yinda zaxiraga olinganidan so'ng o'zi birdan Ten Xagning qo'lini siqib qo'ymadi – o'shanda niderlandiyalikning o'zi unga yaqinlashdi. Ronaldu rostdan ham ko'p o'ynamayapti: u joriy mavsum APLda 8ta o'yinda maydonga tushdi, maydonda o'tkazilgan o'rtacha daqiqalar – bir taymdan kam (42). U faoliyati davomida ligada buncha kam hech qachon o'ynamagan – u hatto 2003/04 yilgi mavsumda maydonda deyarli 60 daqiqada o'tkazgan.


Krish muntazam tarzda faqatgina Evropa Ligasida o'ynamoqda – u to'rt o'yinning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushgan.


Barcha musobaqalar bo'yicha yakun: 13ta o'yindan oltitasida asosiy tarkibda. Uning "Atletiko"dan tortib, "Galatasaroy"ga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar yangradi.



Ten Xagga allaqachon Ronalduning qarindoshlari norozilik bildirmoqda. Krishtianuning opasi Elma Aveyru "Nyukasl"ga qarshi o'yinda ukasi almashtirilganidan so'ng portugalcha futbol akkauntidagi yangilikning "Agar shunday davom etsa, Ten Xag yanvargacha qolmaydi" deb yozilgan "skrin"ini joyladi va yozib qo'ydi: "Juda ham kech".



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика