Ronaldu: "Ortga qaytishning iloji bo'lsa, u bilan birga o'ynagan bo'lardim"
05 avg 2019 00:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/510494_original.jpg)
![](/upload/storage/510494_220.jpg)
Ronaldu: "Ortga qaytishning iloji bo'lsa, u bilan birga o'ynagan bo'lardim"
Yuventus forvardi Krishtianu Ronaldu o'tmishdagi futbolchilar orasida kim bilan harakat qilishni xohlagani haqida fikr bildirdi.
«Hayolimda men birga o'ynashni xohlaydigan ko'plab o'yinchilar bor. Biroq, men bir necha yil oldin olamdan ko'z yumgan hamyurtim Eysebioni tanlayman. U Portugaliya timsollaridan biri hisoblanadi. U ajoyib inson bo'lgan va men Eysebio bilan terma jamoada birga to'p tepishni istagan bo'lardim», – deydi 34 yoshli futbolchi.
Malumot o'rnida, Eysebio 1965 yili «Oltin to'p» sovrinini va 1968 (42 gol), 1973 (40 gol) yillarda esa "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgan. U futbolchilik faoliyatini hujumda o'tkazgan. Portugaliyalik afsona 2014 yilning yanvarida 71 yoshida bu olamni tark etgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar