Ronaldu MYU bilan "2+1" ko'rinishida shartnoma imzolaydi. U tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi

Alisher
30 avg 2021, 14:37
Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga transferi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi.

36 yoshli forvard Angliya klubi bilan ikki mavsumlik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitimda shartnomani yana bir yilga uzaytirish mumkinligi borasida band bor.

Portugaliyalik hozir Britaniya vizasini olmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Ronaldu haftasiga 480000 funtlik maosh bilan APLning eng ko'p haq to'laydigan o'yinchisiga aylanadi.

MYU Krishtianu uchun "Yuventus"ga 15 million evro, shuningdek bonuslar sifatida sakkiz million to'laydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports