Ronaldu, Levandovski va Lukakudan qoyilmaqom sermahsullik
17 dek 2020 08:51
Yangiliklar


Ronaldu, Levandovski va Lukakudan qoyilmaqom sermahsullik
“Bavariya” Bundesliga 12-turi doirasida “Volfsburg”ni 2:1 hisobida engdi.
Myunxen jamoasining ikkala goliga ham Robert Levandovski mualliflik qildi. “Inter” esa A Ceriya 12-turi doirasida “Napoli”ni Romelu Lukakuning yagona goli evaziga taslim qildi (1:0). Kuchli beshlik chempionatlari doirasida faqat 3 hujumchi Robert Levandovski, Romelu Lukaku va Krishtianu Ronaldu ketma-ket 9 mavsumda +10 gol urishga erishdi.
Joriy mavsum Levandovski Bundesligada 15 ta, Lukaku va Ronaldu esa A Ceriyada 10 tadan gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar