Ronaldu ketma-ket 5 mavsum 30 va undan ortiq gol urgan birinchi futbolchi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2015, 07:36
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati 25-turida Vilyarrealga qarshi o'yinda (1:1) gol urdi.
Bu portugaliyalik futbolchi uchun 22-o'yindagi 30-gol bo'ldi. Shu tariqa, Krishtianu Ronaldu yetakchi Yevropa chempionatlarida ketma-ket 5 mavsum 30 va undan ortiq gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi. Oldingi to'rt mavsumda u 31, 34, 46 va 40tadan gol urgandi.

Ketma-ket 4 mavsum 30 va undan ortiq golni Deyv Xellidey, Jimmi Grivz va Lionel Messi urishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru