Ronaldu instagramdagi reklama orqali Messidan ikki karra ko'proq pul ishlab topdi
16 okt 2019 14:25
Yangiliklar
Ronaldu instagramdagi reklama orqali Messidan ikki karra ko'proq pul ishlab topdi
Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'tgan yil instagram ijtimoiy tarmog'ida pul topish borasida etakchiga aylandi.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi 12 oy ichida har biri 900 000 evro turadigan 49ta reklama posti joylashtirgan va jami 44,1 million evro ishlab topdi.
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi bu reytingda ikkinchi o'rinni egalladi. U har biri 590 000 evroga teng bo'lgan 36ta post joylashtirgan hamda 21,2 million evro pul ishlab oldi.
Ro'yxatda 4-o'rinda «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Devid Bekxem (taxminan 10 mln evro), 6-o'rinda esa PSJ vakili Neymar (taxminan 6,5 mln evro) qayd etilgan.
Fikrlar