Ronaldu instagramdagi reklama orqali Messidan ikki karra ko'proq pul ishlab topdi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2019, 14:25
Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'tgan yil instagram ijtimoiy tarmog'ida pul topish borasida yetakchiga aylandi.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi 12 oy ichida har biri 900 000 evro turadigan 49ta reklama posti joylashtirgan va jami 44,1 million evro ishlab topdi.
Barselona hujumchisi Lionel Messi bu reytingda ikkinchi o'rinni egalladi. U har biri 590 000 evroga teng bo'lgan 36ta post joylashtirgan hamda 21,2 million evro pul ishlab oldi.

Ro'yxatda 4-o'rinda Manchester Yunayted sobiq futbolchisi Devid Bekxem (taxminan 10 mln evro), 6-o'rinda esa PSJ vakili Neymar (taxminan 6,5 mln evro) qayd etilgan.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport