Ronaldu – instagramda 250 mln obunachiga ega bo'lgan birinchi kishi
02 jan 2021 22:26
Yangiliklar


Ronaldu – instagramda 250 mln obunachiga ega bo'lgan birinchi kishi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu instagram ijtimoiy tarmog'ida dunyoning eng mashhur kishisi hisoblanadi.
Futbolchining sahifasi 250 million obunachiga ega. Portugaliyalik yulduz bunday natijaga erishgan tarixdagi birinchi shaxsdir.
Keyingi o'rinlarni amerikalik qo'shiqchi Ariana Grande (214 mln), Dueyn Jonson (209 mln) va model Kayli Jenner (207 mln) egallagan.
Instagramda "Barselona" sardori Lionel Messining 175 mln, PSJ forvardi Neymar 144 mln muxlisi bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar