Ronaldu, Iguain va yana 8 legioner "Yuve" ixtiyoriga qaytadi
04 may 2020 01:20
Yangiliklar


Ronaldu, Iguain va yana 8 legioner "Yuve" ixtiyoriga qaytadi
Xabarga ko'ra, koronavirus tufayli boshqa mamlakatlarda bo'lib turgan "Yuventus" futbolchilari Turinga qaytishadi.
Krishtianu Ronaldu, Gonsalo Iguain, Duglas Kosta, Aleks Sandro, Danilo, Voychex SHensni, Adrien Rabo, Sami Xedira, Matteys de Ligt va Blez Matyuidi tez orada ortga qaytadi.
Klub futbolchilarni mashg'ulotlarni boshlash uchun chaqirdi. Ammo ular kelgach, dastlabki ikki haftani karantinda o'tkazishadi.
Record xabariga ko'ra, Ronaldu ertaga Turinga uchadi.
Eslatib o'tamiz, Italiyada 4 maydan boshlab yakka tartibdagi mashg'ulotlarni o'tkazishga ruxsat etildi. 18 maydan esa umumiy mashg'ulotlarni davom ettirish mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar