Ronaldu eng ko'p titul qo'lga kiritgan futbolchilar top beshligiga kirdi
20 may 2021 11:40
Yangiliklar
Ronaldu eng ko'p titul qo'lga kiritgan futbolchilar top beshligiga kirdi
Kecha “Yuventus” Italiya Kubogi finalida “Atalanta” (2:1)ni mag'lub etib, musobaqa g'olibiga aylandi.
Turinliklar forvardi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 34-titulga ega chiqdi va eng ko'p sovrin qo'lga kiritgan futbolchilar top beshligiga kirdi. U ushbu natija bo'yicha Xavi va Vitor Baiya bilan tenglashdi.
Futbol tarixida eng ko'p titul yutgan futbolchilar ro'yxati:
1. Dani Alves – 41 ta
2. Andres Inesta, Lionel Messi, Maksvell – 37 tadan
3. Rayan Giggz, Aleksandr SHovkovskiy – 36 tadan
4. Kenni Dalglish, Jerar Pike – 35 tadan
5. Krishtianu Ronaldu, Xavi, Vitor Baiya – 34 tadan
Malumot o'rnida, Ronaldu 34 ta titulga “Sporting” (1 ta), MYU (10), “Real” (16), “Yuventus” (5) hamda Portugaliya TJdagi (2) faoliyati davomida ega chiqqan.
Fikrlar