Ronaldu dietologi: "Krishtianu kelgach, "Al Nasr"ning boshqa azolari ham mashg'ulotlarga zo'r beryapti"
24 fev 2023 17:11
Yangiliklar
Ronaldu dietologi: "Krishtianu kelgach, "Al Nasr"ning boshqa azolari ham mashg'ulotlarga zo'r beryapti"
Ispaniyalik dietolog Xose Blesa bir oyda bir marta Saudiya Arabistoniga uchib boryapti. Ushbu tashrifdan maqsad "Al Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan ko'rishib, maslahatlar berish. Mutaxassis portugaliyalikning yangi klubdoshlariga tasiri haqida gapirib o'tdi:
Krishtianu menga juda yordam beradi. CHunki endilikda unga ko'p narsani o'rgatishim shart emas. U haqiqiy "maktab" yarata oldi va boshqa futbolchilar ham undan o'rganib, o'z sport formalarini yaxshilash uchun mehnat qilishmoqda. Ronaldu jamoaga kelgach, qolganlar ham ko'proq mashq qila boshlagan va dietaga alohida etibor qaratmoqda. Oldin men hech ham futbolchilari har safar ular bilan ko'rishganimda tanasi holatini 90% yaxshilab boradigan klubni ko'rmaganman. Ularning tanasidagi yog'lar kamayib, mushaklar ortmoqda va ular ham Ronalduning mashqlarini bajarishmoqda.
Fikrlar