Ronaldu "Al Nassr"ga Portugaliya terma jamoasidagi sherigini olib kelishni tavsiya qildi

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2023, 11:51
Ronaldu vatandoshini Saudiya Arabistonida ko'rmoqchi.

Krishtianu Ronaldu "Al Nassr" rahbariyatiga "Betis"dan Uilyam Karvalyuni sotib olishni maslahat berdi, deb xabar berdi AS. 

Afsonaviy portugaliyalikning arab klubi transfer faoliyatiga ta’siri bor.

Uilyam Karvalyu Portugaliya termasida Ronaldu bilan birga o'ynaydi. 31 yoshli yarim himoyachi tayanch zonasida faol, ammo hujumga yordam berish borasida juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshiradi, shuningdek, kombinacion o'yinda ham ishtirok etadi. Uilyam Karvalyuning "Betis" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS