So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  0 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Ronaldu "Al Nassr"ga o'tsa, Saudiya Arabistoni, Greciya va Misrning JCH-2030 uchun arizasi elchisiga aylanadi Yangiliklar

Ronaldu "Al Nassr"ga o'tsa, Saudiya Arabistoni, Greciya va Misrning JCH-2030 uchun arizasi elchisiga aylanadi

Portugaliya ham musobaqa mezbonligi uchun davogarlik qilmoqda.

Krishtianu Ronaldu "Al Nassr"ga o'tishga yaqin turibdi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni klubi "Manchester Yunayted" sobiq hujumchisiga 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilgani, biroq uning o'zi Evropa jamoalaridan taklif kutayotgani xabar qilingandi.

"Marca" xabariga ko'ra, saudiyaliklar yaqin soatlar ichida futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqishlari mumkin. SHu bilan birga, portugaliyalik 2030 yilgacha mo'ljallangan bitimga imzo chekishi mumkin – 2,5 yil davomida u "Al Nassr"da o'ynaydi, qolgan vaqtlarda esa Saudiya Arabistoni, Greciya va Misrning JCH-2030 uchun topshirilgan qo'shma arizasi bo'yicha elchi vazifasini bajaradi. 

Eslatib o'tamiz, Ronalduning vatani Portugaliya ham musobaqa mezbonligiga davogarlik qilayotgan Ispaniya va Ukraina bilan qo'shma ariza topshirgan.

SHuningdek, agar Ronaldu "Al Nassr" azosiga aylansa, liganing moliyaviy qoidalarini buzmaslik uchun jamoa uch nafar futbolchi bilan xayrlashishi malum qilingan. Katta ehtimol bilan Gonsalo Martines va Jaloliddin Masharipov klubni tark etadi.

Ronaldu "Al Nassr"da 2,5 yil ichida 200 million evro ishlab oladi. Uning 2030 yilgi Jahon chempionati uchun elchi sifatidagi daromadi yanada yuqori bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика