So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  2 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  6 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Ronaldo Toshkentga keladi? Yangiliklar

Ronaldo Toshkentga keladi?

Teglar :  TVO'FFHakamlarSport
Avvalo bir narsani takidlab o'tay. Boshqa davlat birinchiliklaridan ancha ortda qolib ketganimizning asosiy sababi bu televideniya!

Aynan "Sport TV"ning futbolimizni yoritib berish darajasi 10%ga ham teng emasligi, futbolning bugungi holatga tushib qolishiga sabab. Futbolni to'liq yoritish orqali biz nimalarga erishamiz?

1. Hakamlarning adolatli qaror qabul qilishiga. Efirga ketadigan o'yinlardagi adolatli qarorlar, efir yuzini yillab ko'rmaydigan o'yinlardan ko'p bo'ladi.

2. Viloyat jamoalaridagi istedodlarni kuzatish. Biz ularni bir yilda to'rt marotaba ko'ramiz, u ham bo'lsa Toshkentdagi o'yinlarda. Agar kubokda tushib qolmasalar (gap o'yinni to'liq ko'rsatilishi haqida ketyapti).

3. Musobaqa sifatini oshirishimiz mumkin. Agar mahalliy futbol efir yuzini doimiy ravishda ko'rib tursa, tadbirkor o'z mahsulotini futbol orqali targ'ib qilishni istay boshlaydi.

Aynan shuning uchun ham TV kerak, aynan shuning uchun ham yaqin-yaqindan boshlab O'zbekistonda qayta faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, sportimiz tepasiga kelayotgan rahbarlar eng birinchi navbatda TVga etibor qilishsin. U "Sport TV" bo'lishi shart emas. "Sport TV" baribir davlat kanaliligicha qoladi, unga biron-bir investiciya kiritilgani bilan, u erdagi menejmentga aralashib bo'lmaydi. SHuncha TV kanallar ochilayotgan bir paytda nega mustaqil, sof o'zbek futboliga bag'ishlangan kanal ochilmasin? Bu bilan O'FF o'zini tanqidlardan xoli qilishi kerak bo'lmaydi. Ish bor joyda tanqid bo'ladi, lekin TV futbolni rivojlantiruvchi eng kerakli omillardan biri.

Endi, mana navbat hakamlarga! Kuni kecha Rustam Bobomurodovni hakamlik faoliyatiga nuqta qo'yildi. Kecha Olim Tolibjonov ham 4 ball oldi va uni ham shunday hukm kutib turgan bo'lsa ajab emas.

Hakamlarning yonini olmagan holda bir malumotni keltirib o'tsam. Ishim tufayli har kuni, ha aynan har kuni "NBU Osiyo" stadionida bo'laman. U erda haftada 3 marta Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar mashg'ulot o'tkazsa, yana shuncha Serazetdinov va Ceytlinning shogirdlarini ko'raman. Ular o'taydigan mashqlarni oliy liga klublaridagi futbolchilar bajarmaydi. Bugungi kunda hakamlarning jismoniy holati bizdagi manaman degan oliy liga futbolchisidan yaxshi. Avvallari hakamlik xobbi bo'lib, ikkinchi kasb sifatida qaralardi. SHuning uchun qorni bor amakilar ham hushtak chalib yuravergan. Bugungi hakamlik saviyasi boshqa bosqichga o'tdi va siz mashg'ulot o'tkazmasangiz o'yindan tashqari holatda qolasiz. SHuning uchun bu birinchi raqamli kasbga aylandi. 

Endi o'ylash uchun savol. Hali bir ishni qotirmagan futbolchi o'ynamagan mavsumi uchun 200 mln.gacha ko'tarma puli oladi va har o'yinda yana 3 milliondan, 20 milliongacha mukofot puli ishlaydi. Yana 2 mln-50 mln. oralig'idagi oylik maoshi bor. Bu o'rinda O'zbekiston milliy terma jamoasi na JCHga chiqadi, na Osiyo Kubogida bir narsani qoyillatadi. Hakamlarimizning Osiyo arenalariga chiqishi oddiy holga aylanib bo'ldi. Savolga endi kelyapman... Siz birovdan ko'p mehnat qilsangiz-da, 5 kishi uchun bir o'yinga 4 mln. so'm atrofida pul ajratilsa alam qiladimi? SHunday qiladi-ki... Hakamlik qilmasin, boshqa kasb tanlasin deydiganlar uchun yana savol, yaxshi saviyadagi hakam qolmasa va bizda 1 millionlik hakamlar qolsa, unda oliy liga qanday ahvolga tushadi? Hullas tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Bu bilan men bironta hakamni oqlamayman, hammasi hato qiladi. Lekin ular uchun avval sharoit yaratib berib ko'rish kerak. To'g'ri, bugungi kunda hech kim ularning har biriga bir o'yin uchun 10-15 mln. bermaydi. Lekin maslahatim bor, Ravshan Ermatov elchi sifatida O'FFning yangi rahbarlari bilan kelishib olishi kerak. 2018 yil uchun hakamlar uchun ajratiladigan pul qancha miqdorga oshirilsa, hakam o'yinni faqat va faqat futbol rivoji yo'lida boshqaradi. Agar shunda ham qing'ir ishlarga aralashsa, unda nafaqat o'yinlarni boshqarishdan, balki futboldan butunlay chetlatish va jinoiy javobgarlikka tortish shart bo'lsin. O'FFning IBB vakili bo'lgan yangi Vice-prezidenti shu ishlar bilan qiyinchiliksiz shug'ullana oladi.

Men faqat kechagi o'yinlardan kelib chiqib qalam tebratmayapman. SHunchaki, futbolchilarga yaratilgan sharoitni hakamlarga ham taqdim etish kerak. Hakamning PFLda tutgan o'rniga qarab tarif berilishi lozim. Bunda ham bir adolat mezoni chetga chiqib qolishi mumkin. PFLga yaqin hakam, har bir o'yinga o'zini qo'ydirishni uddasidan chiqish extimoli yo'q emas. Balki ularning yuqorida aytib o'tganimdek, tutgan o'rnidan kelib chiqib maosh belgilanishi kerakdir. Bu ham bir taklif, ammo jahon amaliyotini ko'zdan kechirib qo'ysa yomon bo'lmasdi. Barcha aybni hakamga ag'darishdan avval savol beraylik o'zimizga, bunga kim sababchi bo'lyapti, albatta klublar emasmi? O'sha klublar emasmi bundan ikki yil avval top-toza futbolga lafz berib, 2-tur o'tmay uni buzgan? Oliy ligada bironta klub yo'q-ki, yilni halol o'tkazsa. 

Yaqin-yaqingacha OAVning futboldagi o'rni yo'q edi. Bu tazyiq bilan bog'liq emas. SHunchaki odamlar asosan TV va gazetalardan malumot olishardi. TV bu ahvolda, gazetalarda esa doim ham tezkor xabar chiqmaydi. Saytlar esa rivojlanib boryapti, mobil muxbirlar ko'payib ketgan. Hozir hamma voqeani to'g'ridan-to'g'ri efirga chiqarishi yoki tarqatish imkoniyatiga ega. Texnika zamonida istalgan rahbar bilan muloqotga kirish imkoni paydo bo'ldi. SHunday ekan, bundan buyog'iga aldovlar ish bermaydi, bu keng maydonda halollargagina joy qoladi, lekin bu oson bo'lmaydi, kamida 3-4 yilni talab qiladigan ish bu. Hamkasblarim yangi rahbar atrofiga o'z tengqurlarini yig'ishi kerak degan fikrda. Avvalgi 10 yillikda ish bermagan mutaxassislar, keyingi 10 yillikda ish berishiga ishonish qiyin. Har holda 10 yil kichkina muddat emas.

Endi bevosita sarlavhaga qaytaman. O'zbek futbolidan shu darajada bezdiki muxlis, o'zbek xabarlariga bo'lgan talabi tushib ketdi. Ammo Ronaldo yoki Messi desa, o'sha xabarlarga deyarli barcha ko'z yugurtiradi. Men aytgan Ronaldo esa bizning yoshlikdagi o'sha mashhur Braziliya terma jamoasining "quyon tishligi"... Kecha O'FF saytida sobiq yulduzlarni yurtimizga olib kelish bo'yicha gap-so'zlar bo'lgai haqida yozib o'tildi. Xo'sh, rostan Ronaldo keladimi? U bo'lmasa boshqasi-chi? Bizning futbolga hozir ular juda kerak, yana 4 yilga orqada qolgan futbolimiz uchun, yangicha yo'nalish kerak. Barchani yana futbolga qaytarishimiz kerak, yana 4 yildan keyin JCHga chiqa olmasak, hech bo'lmasa o'sha to'rt yil ichida asablarimiz buzilmagan, mana shunday tadbirlar va xayrli ishlar bilan quvonib yurgan bo'lishimiz kerak. 

So'nggi paytlarda sportchilarimiz bilan turli musobaqalarda ishtirok eta boshladim. Bu erda bo'ynim egik emas. O'zbekiston kuniga oltin medal oladi. Qanchadan-qancha davlatlar bronza ololmay xunob. Hamma bizni ko'rsa, O'ZBEKLAR deydi, faxrlanib ketasan. Lekin futbol so'nggi yillarda chet elliklar orasida mening ham boshimni egib qo'ydi. Juda istardim, sportning boshqa turlarida bo'lgani kabi futbol o'yinlaridan keyin ham O'zbekistonda emas, Janubiy Koreya va Yaponiya stadionlaridan faxr bilan, g'alaba bilan chiqib ketishni...

Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика