Ronaldo Neymarni tanqid qildi
11 iyu 2018 12:58
Yangiliklar


Ronaldo Neymarni tanqid qildi
Braziliya termasining sobiq futbolchisi Ronaldo JCH-2018da pentakampeonlar etakchisi Neymarni tanqid qildi.
"Neymardan ko'prog'ini kutgandik, zero u mamlakatning asosiy hujumchisi. Biroq barchasi ortda qoldi, tez orada Franciya chempionati ham start oladi.
U bilan hali gaplashib ko'rmadim, biroq ko'rinib turgandiki, uning maydondagi harakatlari chegaralangan edi. Balki bu uning jarohatiga bog'liq bo'lgandir, bilmadim... Bu jahon chempionati Neymarga ko'p narsalarni o'rgatgandir. U hali yosh va iqtidorli, biroq Neymar katta javobgarlikni o'z bo'yniga olishi kerak", - dedi Ronaldo.
Braziliyaliklar turnirni chorak finaldayoq tark etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar