Ronaldino "Keretaro"dagi debyutida penaltidan gol ura olmadi
18 sen 2014 12:26
Yangiliklar
Ronaldino "Keretaro"dagi debyutida penaltidan gol ura olmadi
Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, Meksikaning "Keretaro" tarkibiga o'tgan Ronaldino, o'zining jamoadagi ilk uchrashuvida penaltidan foydalana olmadi.
"Tigres"ga qarshi milliy chempionatning uydagi uchrashuvida, 0:1 hisobida yutqazib turgan mezbon jamoa futbolchisi Ronaldino 62 daqiqada penaltini amalga oshira olmay, muxlislarni xursand qila olmadi.
Qolgan yarim soat davomida mezbonlar raqib darvozasini ishg'ol eta bilmadi va kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
Fikrlar