“Roma”ni katta o'zgarishlar kutmoqda, Totti rahbariyatga kelishi mumkin
03 apr 2019 01:00
Yangiliklar


“Roma”ni katta o'zgarishlar kutmoqda, Totti rahbariyatga kelishi mumkin
Corriere dello Sportʼning tarqatgan malumotlariga ko'ra yaqin orada “Roma”da katta o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
Manbada, “bo'rilar” afsonasi Franchesko Totti klubning texnik direktori lavozimini egallashi ko'rsatilgan.
Butsalarini mixga ilganidan so'ng Totti sport direktori lavozimda ishlagan Monchining yordamchisi sifatida faoliyat olib borgandi. Agar u klub rahbariyatidan o'rin olsa, u holda rimliklarning bosh murabbiyi etib Daniele De Rossini tayinlashi aytilmoqda.
O'z navbatida, 35 yoshli De Rossi joriy mavsum futboldan ketishi haqida elon qilib, murabbiylik licenziyasini olish uchun o'qishga tayyorligini malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar