“Roma”ni boshqarishi mumkin bo'lgan mutaxassislar nomi malum
05 mar 2019 19:17
Yangiliklar


“Roma”ni boshqarishi mumkin bo'lgan mutaxassislar nomi malum
Xabarlarga ko'ra, “bo'rilar” rahbariyati Italiya kubogi “Lacio”ga qarshi derbidagi yirik mag'lubiyatdan (0:3) so'ng, 49 yoshli mutaxassining o'rniga murabbiy izlashni boshlagan.
Di Francheskoning kelajagi ECHLning 1/8 final doirasidagi “Portu”ga qarshi javob o'yinining natijasiga bog'liq. Ular o'rtasidagi ilk bahsda rimliklar 2:1 hisobida zafar quchgandi. Agar mazkur bahsda “Roma” ijobiy natijaga erisha olmasa, italiyalik mutaxassis istefoga chiqariladi.
Avvalroq, klubning sport direktori Ramon Monchi bir necha mutaxassislar bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ular orasida ”CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri asosiy nomzod sifatida ko'rilgan. Biroq, Sarri “aristokratlar”ni faqatgina yozda tark etishi mumkin.
SHu sababli, rahbariyat yaqinda “Fulhem”dan ketgan Klaudio Raneri hamda Italiya termasining sobiq murabbiyi Roberto Donadonining nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Donadonining so'nggi ish joyi “Bolonya” klubi bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar