"Roma"ga Dibala va Mourinoni olib kelgan mutaxassis klubdan ketishga qaror qildi
05 jan 16:06
Yangiliklar
"Roma"ga Dibala va Mourinoni olib kelgan mutaxassis klubdan ketishga qaror qildi
"Roma" bosh direktori Tiagu Pintu qishki transfer oynasi yakunlangach, klubni tark etadi.
Takidlanishicha, bu portugaliyalik mutaxassisning o'zidan chiqqan fikr. Tiagu o'zgarishlar vaqti keldi, deb hisoblaydi va o'zini boshqa klubda sinab ko'rmoqchi.
Pintu "Roma"da uch yil faoliyat olib bordi. Aynan uning harakatlari samarasi o'laroq rimliklar forvard Paulo Dibala va bosh murabbiy Joze Mourinoni klubga olib kelishni uddalashgandi.
Fikrlar