"Roma" Zanoloni transferga qo'ydi
03 iyu 2022 20:45
Yangiliklar
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi transfer bozoriga qo'yilgan. Garchi unga Angliya Premer-ligasi klublari qiziqish bildirayotgan bo'lsa-da, Zanoloning o'zi A Seriyani tark etishni istamayapti.
Qayd etilishicha, Zanolo "Yuventus" yoki "Milan" klubiga o'tishni xohlaydi, biroq "Roma" futbolchining boshqa ligaga ketishini afzal ko'rmoqda. Taxminlarga ko'ra, italiyalik o'yinchining transferi “bo'rilar”ga 55 million evroga yaqin daromad keltirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Zanolo Konferenciya ligasi finalida "Feyenoord"ga qarshi o'yinda "Roma"ga g'alaba keltirgan golni kiritdi.
O’xshash yangiliklar
09:17
Bugun Evropa ligasida qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Romaning ehtimoliy raqiblari malum 6

Fikrlar