"Roma" klubning Fridkinga 591 million evro evaziga sotilganini elon qildi. Jamoa bugun EL doirasida "Sevilya" bilan o'ynaydi
06 avg 2020 12:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/585115_original.jpg)
![](/upload/storage/585115_220.jpg)
"Roma" klubning Fridkinga 591 million evro evaziga sotilganini elon qildi. Jamoa bugun EL doirasida "Sevilya" bilan o'ynaydi
"Roma" xo'jayini Jeyms Pallotta klubni milliarder Den Fridkinga sotdi.
Rimliklar matbuot xizmatining xabariga ko'ra, tomonlar chorshanba kuni kechqurun bitim imzolashgan.
"Roma"ning The Friedkin Group'ga o'tishi 591 million evroga baholanmoqda. Mablag'lar 31 avgustga qadar o'tkazilishi kutilmoqda.
Boshida Pallotta "Roma"ni Fridkinga 700 mlnga sotishdan bosh tortgan edi, yakunda esa koronavirus pandemiyasi sabab klubning narxi tushib ketdi.
"Roma" bugun Evropa Ligasi doirasida "Sevilya" bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar