"Roma" hali ham Solomon uchun davogarlik qilmoqda
19 jan 2021 14:24
Yangiliklar


"Roma" hali ham Solomon uchun davogarlik qilmoqda
"Roma" "SHaxtyor" yarim himoyachisi Manor Solomonga qiziqishni yo'qotmagan.
Sentyabrda jamoalar muzokaralar o'tkazishgandi, ammo bitim narxi bo'yicha kelishuvga erishilmagandi - "Roma" 12 million to'lashga tayyor edi, ammo "SHaxtyor" 25 mln xohladi.
Solomon joriy mavsum "SHaxtyor" libosida 17ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Isroillik futbolchining Ukraina chempioni bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar