"Roma" Belotti bilan shartnoma imzolamasa, Azmunga qiziqishni tiklaydi
08 iyu 2021 15:30
Yangiliklar
"Roma" Belotti bilan shartnoma imzolamasa, Azmunga qiziqishni tiklaydi
"Roma" rahbariyati yozgi transfer oynasida hujumchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Poytaxt klubining transfer maqsadi "Torino" forvardi Andrea Belottidir. "Bo'rilar" Turin klubiga taklif berishdi, ammo rad javobini olishdi.
Agar Belottining transferi amalga oshmasa, "Roma" "Zenit"da o'ynayotgan Serdar Azmun variantiga qaytadi.
26 yoshli futbolchining klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Azmun o'tgan mavsum RPL doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar