"Roma" Azmun bo'yicha takliflarni rad etmoqda
23 jan 17:24
Yangiliklar
"Roma" Azmun bo'yicha takliflarni rad etmoqda
"Roma" transfer huquqi "Bayer"ga tegishli bo'lgan, biroq hozirda ijara huquqi asosida Rim klubi sharafini himoya qilayotgan Serdar Azmunni qo'yib yubormoqchi emas.
Malumotlarga qaraganda, rimliklar futbolchi bo'yicha takliflarni rad etmoqda. Ulardan biri — "Sevilya"dan. "Roma"ning yangi bosh murabbiyi Daniele De Rossi eronlik futbolchi jamoaning bir bo'lagi bo'lib qolishini istaydi.
Agarda yaxshi taklif bo'lsa "jallorossi" safini forvard Andrea Belotti tark etishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar